Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə81/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Ibtidoiy odam-
Ichak- odam va hayvonlarda ovqat hazm qilish sistemasining bir boʻlimidir. Ichak hazm yoʻli boʻlimlarga ajralgan organizmlarda (halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, barcha umurtqalilarda, jumladan, odam ham) hazm yoʻlining meʼdadan keyin keladigan qismi hisoblanadi. Asosan, sut emizuvchilar ichagi murakkab tuzilgan. Odam ichagi anchagina uzun, 4,5–9 m ga yetadi. U, asosan, qorin boʻshligʻi va qisman kichik chanokda joylashgan. Ichakda ovqat uzluksiz harakatlanib hazm boʻladi, oziq moddalar qonga soʻriladi, hazm boʻlmagan ovqat qoldiqlari najasga aylanadi. Odamda ichak ancha uzun boʻlib, 2 qism: ingichka ichak va yoʻgʻon ichakdan iborat. Odam ichagi qorin boʻshligʻi va kichik chanoqni toʻldirib turadi, jigar va meʼdadan pastda yotadi.
Ichimlik suvi-
Ichki a`zo-
Igna-
Ildiz meva-isteʼmol qilinadigan qismi (mevasi) ildizda bo`ladigan ekin (sabzavot)lar mevasi. Ildiz meva o`simliknng ildiz qismida yetiladi. Ular sersuv va sershira bo`ladi. Ildiz meva beradigan o`simliklar ildizmevali o`simliklar deyiladi. Ko`pgina ildizmevali o`simliklar oziq-ovqat va yem-xashak ekini hisoblanadi. Bir rediska, sabzi, lavlagi, sholg`om, turp va boshqalar kiradi. Ildiz meva juda foydalui bo`lib, ular xomligicha ham, pishirilib ham iste`mol qilinadi. Ildiz meva tarkibida shakar, kraxmal, vitaminlar to`planadi.
Ildiz- o`simlikning tuproq ichiga tarqalib, uni tutib turadigan va tuproqdagi suv hamda oziq moddalarini so`rib, o`simlikni ta`minlab turadigan qismi. Ba`zi o`simliklarning ildizida zaxira oziq moddalar to`planadi. Ildizning o`ziga xos xususiyati shundaki, u barg chiqarmaydi. Ildizlar shakli va o`lchami jihatidan bir-biridan farq qiladi. O`simliklarning turiga, mtuproq-iqlim sharoitiga qarab ildizlar kalta, uzun, ingichka yoki yo`g`on, yassi yoki yumaloq va boshqa shakllarda bo`ladi.ayrim daraxtlarning ildizi 50-60 m gacha yetadi.
Ildizkurtak- tugunakli o`simliklarning tugunaklaridagi chuqurcha joy. Ildizkurtakdan yaxshi iqlim sharoitida yangi novdalar o`sib chiqadi. Tugunaklarda ildizkurtak o`rni ko`rinib turadi. Kurtaklarning ko`p qismi tugunakning uchiga yaqinroq joylashadi. Shuning uchun ham novdalar uchki kurtaklardan o`sa boshlaydi.
Ildizpoya-o`simlikning yer ostidagi qismi. Unda qo`shimcha ildiz, shakli o`zgargan barg va kurtaklar bo`ladi. Bu kurtaklardan qulay sharoitda yangi yerusti poya o`sib chiqadi. Bunday o`simliklarni ariq bo`ylarida, zax yerlarda, o`simliklar orasida, paxtazorlarda ko`plab uchraydi.ildizpoyalarda ham kraxmal va boshqa oziq moddalar to`planadi. U o`simlikning ko`payishi uchun xizmat qiladi.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin