2-boshlovchi:Ajdodlarni xotirlash susaysa,ya’ni ajdodlar bilan avlodlar o’rtasida uzilish ro’y bersa,millat tanazzulga yuz tutar ekan.Xotira insonni kelajakka teran ko’z bilan qarashga ham o’rgatadi.
(Sahnaga ilingan ekranda urush yillari tasvirlangan kichik xujjatli film namoyish etiladi)
So’ng 6 ta o’quvchi ‘’Xotira muqaddas” nomli she’rni ifodali o’qiydilar.
G’amgin xotiramni qitiqlab bugun,
Yorqin hissiyotga bo’ldingiz sabab.
Ruhingiz bosh uzra uchar tunu kun,
Har bir ezgu ishda siz menga madad,
Xotira muqaddas,xotira abad.
Puchmoq tarixning qariga ketgan,
Ne bir allomalar,ne bir botirlar.
Ularning har biri muhirlab bitgan,
Xalqim yuragiga o’chmas xotirlar,
Xotira muqaddas, xotira abad.
Aslida SHiroqning qabridadir kun,
Zardo’sht olovini yoqqan o’zi men.
Muqaddas shu olov beradi uchqun,
Bugun shu olovdan nurlanar zamin.
Doroning bosqini zavol bo’lganda
Nomingni muarrix bitib ketmadi.
Qaysidir ochofat yana kelganda,
Vatan hurmatiga aqli yetmadi,
Xotira muqaddas,xotira abad.
Bosqinchi o’qiga chap bergan epchil,
Sibir surgunida Sirni o’ylading.
Millat va elingdan deganda kechgil,
Vatan nomin, takror aytib to’ymading.
Xotira muqaddas,xotira abad.
Sulton suyagini xor qilmagan hech,
Har bir qatra qonda keltirdik nishon.
Ezgu ish vaqtini topar erta -kech ,
Siz bilan bugun Vatan nurafshon,
Xotira muqaddas,xotira abad.
1-boshlovchi:Endi navbat”Askarlar”qo’shig’iga.
(O’quvchilar ustozi boshchiligida mahallalaridagi urushda va front orqasida qatnashgan qariyalarimizdan kichik intervyular olib o’zlari kichik xujjatli film yaratishadi va sahnadagi ekranda qo’yib berishad.)
1-o’quvchi:Boshing egib ta’zim ayla shukrona ayt
Seni guldek erkalagan chaman uchun.
Osmonlarda yurgan bo’lsang tuproqqa qayt,
Aytgil do’stim nima qildik Vatan uchun.
2-o'quvchi:SHu soylarda suvlarga urgil yuzingni sen
Bir bor nazar solgil bosgan izingga sen,
SHu savolni berib ko’rgil o’zingga sen ,
Aytgil do’stim nima qildik Vatan uchun.
Dostları ilə paylaş: |