Insonni tushuinishga dualizm va monizm nuqtai nazardan yondashuv. Insonni tushunishda dualizm va monizm


Sotsiologizatorlik konsepsiyalari



Yüklə 26,88 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü26,88 Kb.
#193210
1   2   3   4   5
Insonni tushuinishga dualizm va monizm nuqtai nazardan yondashuv.

Sotsiologizatorlik konsepsiyalari. Sotsiologizatorlik yondashuvi inson tabiatini ijtimoiy munosabatlarda ko‘rishga harakat qiladilar. Bunda ular bazan nafaqat insonning ijtimoiy asosini uning biologik asosiga qarama-qarshi qo‘yadilar, balki so‘nggi zikr etilgan asosni hayvoniy va hattoki tuban, shu bois jiddiy etiborga loyiq emas, deb hisoblaydilar. Asosiy etibor ijtimoiy munosabatlar tahliliga va individ, shaxsning shakllanishida jamiyat qanday rol o‘ynashini aniqlashga qaratiladi. Pirovardida ijtimoiy asos individual asosga qaraganda ustunroq ahamiyat kasb etadi, uni o‘ziga bo‘ysundiradi va qamrab oladi. Mazkur yondashuv total ijtimoiy tizimlarga va ularni asoslashga harakat qiluvchi falsafiy talimotlarga, xususan, Platon falsafasi ayniqsa xosdir. Umuman olganda, bu individualizm va kollektivizm muammosidir.
Lev Nikolaevich Gumilyov (1912-1992) insonni tushunishga yangicha yondashgan va tarixiy-madaniy jarayonda individlarning uch turi: passionariylar, subpassionariylar va muvofiq odamlarni farqlagan. Passionarlik (lotincha
«passio»–«ehtiros») deganda energiyaning «tur meyoridan og‘uvchi, ammo patologik xususiyatga ega bo‘lmagan» turi tushuniladi. Passionarlik har safar materiyani o‘zini qayta tashkil etishga majburlovchi to‘lqin manbai, atrof-muhitni o‘zgartirish qobiliyati hamda bunga bo‘lgan intilish yoki fizika tili bilan aytganda, muhitning agregat holatini buzishga bo‘lgan intilish tarzida namoyon bo‘luvchi biofizik omildir. Passionar turtki mutatsiyaga olib keladi. Gumilyovning fikriga ko‘ra, mutantlarning tug‘ilishi passionariylar–o‘ta g‘ayratli shaxslarning tug‘ilishidir. Passionarlik turtkisi shu qadar kuchli bo‘lishi mumkinki, mazkur belgi egalari o‘z qilmishlarining oqibatlari haqida o‘ylashga o‘zlarini majbur qila olmasliklari mumkin. Shuning uchun ham passionarlikni ong belgisi deb emas, balki asab sistemasining konstitutsiyasida namoyon bo‘luvchi muhim belgisi deb tushunish lozim, u, ong faoliyati bilan bog‘liq faollikdan farqli o‘laroq, emotsiyalar sohasida yashaydi. Passionariylarni ideal xususiyatlardan ancha uzoq xususiyatlar:
takabburlik, mag‘rurlik, manmanlik, ochko‘zlik va b. tavsiflari ham mumkin. «Passionarlik –muayyan maqsadga (ko‘pincha xayoliy maqsadga) erishishga yo‘naltirilgan faoliyatga (ongli yoki ko‘pincha ongsiz) ichki intilish. Mazkur maqsadni passionariy hatto o‘z hayotidan hamda zamondoshlari va qabiladoshlarining baxtidan afzal deb biladi». Passionarlik darajasi har xil bo‘lishi mumkin, ammo bu hodisa tarixda aniq va qayd etiladigan tarzda namoyon bo‘lishi uchun passionariylar soni ko‘p bo‘lishi kerak, yani passionarlik nafaqat individual belgiga, balki populyasion belgiga ham tayanadi. Passionariylar orasida ruh passionariylari va tana passionariylari ham farqlanishi mumkin. Salbiy impulslarga ega bo‘lgan, hech narsaga qaramay, hatto o‘z zarariga ish tutishga intiladigan odamlar passionariylar deb ataladi. Ijobiy, hayotbaxsh impulslarga ega odamlar esa subpassionariylar deb ataladi. L. Gumilyovning fikriga ko‘ra, passionariylar tubanlashgan hollarda ularning o‘rnini subpassionariylar egallaydi. Ularni «sodda», «qoloq» odamlar deb hisoblaydilar, ularning keng maydonga chiqishi etnosning intihoga yuz tutganini anglatadi, chunki ularda instinktiv impulslardan boshqa hech narsa qolmaydi. «Passionarlik» hodisasi dunyoning yagona axborot-energetik manzarasida tarixda chuqur iz qoldirgan «buyuk odamlar va xalqlar»ning faoliyati mexanizmlarini tushunish imkonini beradi. Uni tushunib etishga «inson xulqatvorining shakllanishiga jug‘rofiy muhitning tasiri» masalalari bilan) ulkan hissa qo‘shdi. Passionarlik muammosi L. Gumilyov konsepsiyasining nazariy negizini tashkil etadi. Muallifning fikricha, passionarlik–biologik belgi, osoyishtalik inersiyasini buzuvchi dastlabki turtki; bu passionariylarning malum sonidan iborat avlod. Ular o‘z hayoti bilan odatdagi vaziyatni buzadilar, chunki o‘zlarini qiziqtirgan maqsadsiz kundalik tashvishlar bilan yashay olmaydilar. Muvofiq odamlar jamiyatning ummiy qonuniyatlari va siyosiy tizimiga moslashuvchanlikda namoyon bo‘ladi va ijtimoiy jarayonlar aynan muvofiq odamlarning faoliyatibilan belgilanadi,
Gumilyov tariflagan juda qiziqarli qonunga binoan, «etnik jamoa tomonidan amalga oshiriladigan ish passionar kuchlanish darajasiga to‘g‘ri proporsional» bo‘lib, bunda «etnosning passionar kuchlanishi deganda etnik tizimda mavjud passionarlik miqdorining etnosni tashkil etuvchi shaxslar soniga bo‘linishi tushuniladi». Madaniyat va turmush darajasining barqaror o‘sish davrlari esa passionar kuchlanish umumiy tarzda pasaygan davrlar bilan bog‘liq.
Umuman olganda, passionarlik hodisasining manbai koinot omillariga, jumladan, quyosh faolligining davriy jarayonlari bilan bog‘lanadi. L. Gumilyov aniqlagan passionarlik hodisasi inson to‘g‘risidagi V.I.Vernadskiy tariflab bergan «boshqa kuchlar bilan bir qatorda, real jug‘rofiy kuch», degan qarashni qabul qilish imkonini beradi. Bu kuch doimo bunyodkor kuch emas, bazan u halokatli oqibatlarga olib keladi. L. Gumilyovning: «Biosfera odamlarni to‘ydira oladi, ammo ularning butun Yer yuzini biotsenzlar konversiyasi siklidan chiqarilgan ashqoldashqollar bilan to‘ldirishga bo‘lgan intilishini qondira olmaydi», degan so‘zlari buning real isbotidir2.

Yüklə 26,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin