Instituti


Ilmiy bilishda gipotezalarni tasdiqlash yoki inkor etish mezonlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Ilmiy bilishda gipotezalarni tasdiqlash yoki inkor etish mezonlari 
quyidagilardan iborat

1.
 
mavjudligi g’oyasi gipotezaning asosiy mazmunini tashkil etgan predmet 
yoki hodisani borliqda to`g’ridan-to`g’ri topish; 
2.
 
gipotezaning o`zidan haqqoniy bilimlar, oqibatlar, xulosalarni deduktiv 
keltirib chiqarish; 
3.
 
mazkur oqibatlar va xulosalarni amaldagi real ahvolda taqqoslash; 
4.
 
gipotezani amaliyot, sinov, vaqt bilan tasdiqlash yoki inkor etish. 
Gipotezani tekshirish uning to`g’ri yoki soxtaligini ko`rsatadi. Birinchi holda 
gipotezada ilgari surilgan farazlarni 
isbotlash
, ikkinchi holda esa ularni 
inkor etish 
haqida gap boradi. Gipotezaning to`g’riligini nazariy tekshirish uchun uning 
asoslaridan mantiqiy xulosalar, oqibatlar chiqariladi. Bunday oqibatlar qancha ko`p 


35 
bo`lsa, gipotezani tekshirish shuncha ishonchli bo`ladi. Gipotezadan chiqarilgan 
oqibatlar haqiqatga mos kelsa, u o`z tasdig’ini topadi, aks holda u soxta deb e`lon 
qilinadi va chetga suriladi. Ilmiy ijod, ilmiy izlanish mavjud gipotetik bilimning 
haqiqatga mosligini tekshirishga yo`naltirilgandir. Bunda jumboqli vaziyat yuzaga 
kelishi - bir bilim sohasidagi turli faktlar qarama-qarshi gipotezalarni tasdiqlashi 
mumkin. Masalan, optikada yorug’likning tabiati haqida ikki qarama-qarshi 
gipoteza -korpuskulyar va to`lqinli gipotezalar, tekshirilgan, sinovdan o`tkazilgan 
faktlar mavjud edi. Yorug’likning kvant nazariyasi yaratilganidan keyingina 
yorug’likning dualistik, korpuskulyar-to`lqinli tabiatini to`g’ri tushuntirishga 
muvaffaq bo`lindi va bu ikkala gipotezaga ham hayotga yo`llanma berdi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin