30
Birinchi bosqichda
, muammoviy vaziyatdan kelib chiqib, muammo ifoda
etiladi va kutilayotgan natija umumiy tarzda belgilanadi.
Ikkinchi bosqichda
,
muammoning dolzarbligi, uning fan va texnika uchun
ahamiyati aniqlanadi.
Uchinchi bosqichda
muammo tuzilmasi ishlab chiqiladi: kichik mavzular,
savollar va ular o`rtasidagi bog’liqlik farqlanadi. Natijada muammo daraxti
shakllanadi.
Keyinchalik
, muammolar asoslangandan, uning tuzilmalari ishlab chiqilgandan
so`ng ilmiy xodim (yoki jamoa), qoidaga ko`ra, ilmiy-tadqiqot mavzuini mustaqil
tarzda tanlaydi.
Ko`pincha mavzuni tanlash tadqiqotni olib borishdan ko`ra murakkabroqdir.
Ilmiy tadqiqot mavzusiga bir qator talablar qo`yiladi.
1. Mavzu dolzarb bo`lishi, hozirgi paytda hal etishpi talab qilishi zarur.
Fundamental tadqiqotlar bilan bog’liq mavzular dolzarblik
darajasini belgilash
uchun hozircha tegishli mezonlar yo`q. Shuning uchun, mazkur holda dolzarblikni
yirik olim yoki ilmiy jamoa belgilaydi. Mavzuning amaliy tavsifiga kelsak,
ularning dolzarbligi, qoidaga ko`ra, ishlab chiqarish muayyan tarmog’ining
rivojlanish va iqtisodiy samaradorlik talablariga ko`ra belgilanadi.
2. Mavzu yangi ilmiy masalani hal etishi va ilmiy yangilik tavsifiga ega
bo`lishi kerak.
3. Ilmiy mavzuga qo`yiladigan muhim talablar bo`lib iqtisodiy
samaradorlik va ahamiyatlilik hisoblanadi. Amaliy tadqiqotlar bilan bog’liq
mavzular tanlash bosqichida taxminiy belgilanadigan iqtisodiy samara berishi lozim.
Fundamental tavsifdagi mavzuni tanlashda iqtisodiy
samaradorlik mezoni
ahamiyatlilik mezoniga o`z o`rnini bo`shatib beradi.
4. Mavzu ilmiy yo`nalishiga mos bo`lishi kerak. Bu ilmiy jamoa malakasi va
vakolatidan eng to`liq ravishda foydalanishga imkon beradi. Natijada ishlanmaning
nazariy darajasi, sifati va iqtisodiy samarasi oshadi, tadqiqotning bajarilish muddati
qisqaradi.
5. Joriy etilish mavzuning muhim tavsifi bo`lib hisoblanadi. Mavzuni
ishlab chiquvchilar uni rejadagi muddatda tugatilish imkoniyatini belgilashlari va
buyurtmachining ishlab chiqarish sharoitlariga joriy etilishini aniqlashlari
kerak. Ular tegishli ishlab chiqarishni, uning hozirgi vaqtdagi va kelgusidagi
talablarini yaxshi bilishlari kerak.
Mavzuni tanlash mamlakat va xorijiy adabiyot manbalarini ya`ni hal
qilinayotgan masalaga bag’ishlangan bo’lishi talab etiladi. Adabiyotlar
diqqat bilan
o`rganib chiqishi kerak. Bu “velosipedni qayta kashf etmaslik” uchun, shuningdek
zamonaviy ilmiy-tadqiqotlar yo`nalishini aniqlash uchun zarur.
Keyingi yillarda mavzuni tanlashda eksperiment baholash usuli keng
qo`llanilmoqda. Buning ma`nosi shundaki, rejalashtirilayotgan mavzu mutaxassis-
ekspertlar tomonidan baholanadi. Har bir ekspert mavzularga qo`yiladigan tegishli
talablarni ballarda baholaydi.