Instituti


Muammoning tug’ilishi va qo`yilishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Muammoning tug’ilishi va qo`yilishi 
ilmiy bilish va ilmiy ijodning eng muhim 
bosqichidir.
Bu bosqichda ilmiy muammo o`rtaga tashlanib, bajarilishi kerak bo`lgan ilmiy 
tadqiqot vazifasi aniq va lo`nda qilib belgilanadi. Bunday axbarotlarni to`plash va 
o`rganish butun tadqiqotlar davomida amalga oshirilishi lozim. Ilmiy tadqiqotning 
vazifasini aniq belgilash juda muhim, chunki undan ko`p jihatdan ilmiy tadqiqot 
vazifasini ijobiy bajarish bog’liq bo`ladi. 


27 
2-bosqich.
Tadqiqotning maqsadi va vazifasini ifodalash va birlamchi 
gipotezani ilgari surish va asoslash:
- mavzu bo`yicha masalalarning ahvolini tahlil qilish;
- tadqiqot maqsad va vazifalarining bayonini tuzish.
Gipoteza (qadimgi grek. ὑπόθεσις — taxmin, faraz)
12
– 
tekshirilayotgan 
muammo yoki hodisa to`g’risida ilgari surilgan ilmiy jihatdan asoslangan, ilmiy fakt 
va ma`lumotlarga zid bo`lmagan, lekin haqiqatligi hali isbotlanmagan ilmiy bilish 
shaklidir. Gipoteza aksioma yoki paspulatga o’xshamay, uning haqiqiyligi 
isbotlanishi kerak bo’ladi. Ilmiy gipoteza – bu haqiqiyligi kritik eksperiment bilan 
isbotlanishi mumkin bo’lgan ilmiy xulosadir. 
Juda ko`p hollarda birlamchi gipoteza tadqiqot asosiy vazifasini belgilash va 
to`plangan barcha ilmiy axborotlarni tanqidiy tahlil qilish asosida tug’iladi. Bunda 
birlamchi gipoteza bir nechta variantlarda bo`lishi mumkin va shular ichidan 
maqsadga yaqini tanlab olinadi va u 
ishchi gipoteza
deyiladi. Ishchi gipotezani 
aniqlash uchun boshlang’ich eksperimentlar o`tkazishga to`g’ri keladi.
Gipoteza ilmiy taxmin bo`lib, tajribada tekshirishni talab etadi va nazariy 
jihatdan ishonchli ilmiy nazariya bo`lishi uchun asoslanishi lozim


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin