Instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Eksperement
deb – aniq belgilangan sharoitda ma`lum bir hodisani, jarayonni 
va h.k.ni aniq maqsad yo`lida o`rganish uchun qo`yilgan tajribaga aytiladi.
Bunda tadqiqotchiga bo`layotgan o`zgarishlarni qadam-baqadam kuzatish
hodisalarga turli vositalar bilan ta`sir ko`rsatish, ularni avvalgi sharoitda takrorlash 
imkoniyati tug’iladi. Eksperimentda kuzatish, qiyoslash va o`lchash usullaridan 
foydalaniladi. Bunda bir yoki bir nechta omillarni boshqalarga ko`rsatgan ta`siri 
o`rganiladi. Eksperiment ilmiy jihatdan asoslanishi va uning xatosi aniqlanishi 
lozim. 
Eksperiment
- bu ilmiy bajarilgan tajriba bo`lib, ilmiy tadqiqotning mehnat 
ko`p talab qiladigan texnik murakkab bosqichidir. Ko`p hollarda eksperiment 
nazariy tadqiqotlardan keyin amalga oshiriladi. Bunda eksperiment nazariy 
tadqiqotlar natijalarini tasdiqlaydi yoki rad etadi. Lekin boshqacha navbat bo`lishi 
ham mumkin, ya`ni birinchi eksperiment o`tkaziladi keyin esa nazariy tadqiqotlar 
o`tkaziladi. Bu hol qachon nazariy baza kam bo`lganda amalga oshiriladi. Bunda 
nazariy tadqiqot eksperiment natijalarini umumlashtiradi.
Empirik tadqiqot usullari farazni dalillash uchun asos bo`lib qolmay, balki 
yangi ilmiy kashfiyotlar, qonunlar va boshqalarni ochish manbai hisoblanadi.
 
3.Ilmiy tadqiqot strukturasi 
Amaliy fanlar bo`yicha, ayniqsa texnikaviy fanlar bo`yicha tadqiqotlar bir 
necha bosqichlarda olib boriladi, ana shu bosqichlar tadqiqotlar strukturasini tashkil 
etadi.
Ilmiy tadqiqotlar bajarish strukturasini 7 bosqichdan iborat sxema tarzida 
ko`rsatish mumkin (1.2-rasm).
1-bosqich.
Tanlangan mavzuning dopzarbligini asoslash va muammoni 
ifoda etish: 
bo`lajak tadqiqotlarga taalluqli muammolar bilan mamlakat va xorijiy 
adabiy manbalar bo`yicha tanishish, uning dolzarbligini asoslash; muammolar 
bo`yicha tadqiqotlarning muhim yo`nalishlarini belgilash va tavsiflash; bunday 
axborotlarni to’plash va o’rganish butun tadqiqotlar davomida amalga oshirish 
lozim. 
Muammo
(arabcha so`z bo`lib “
masala
”, “
vazifa
” ma`nolarini ifodalaydi) – 
ilmiy bilishning hali bilib olinmagan va hal qilinmagan, lekin echilishi lozim bo`lgan 
shakli, bosqichidir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin