Instituti


Empirik tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Empirik tadqiqot usullari. 
Metodologik nuqtai nazardan eksperiment ilmiy-
tadqiqotni sust faoliyatdan faol faoliyatga o`tishini ta`minlaydi. Eksperimentda 
ob`ektni o`rganish sharoitini o`zgartirish, uni sof holda bajarish, qaytarish, hamda 
soddalashtirilgan, kichiklashtirilgan modellarda o`rganish mumkin. 
Empirik tadqiqot metodlariga

kuzatish; 

qiyoslash;

hisoblash;

o`lchash;

va eksperiment kiradi. 
Kuzatish
deb – ma`lum bir ob`ektni muntazam ravishda bir maqsad yo`lida 
o`rganish yoki ochish bilan amalga oshiriladigan bilish usuliga aytiladi.
Ilmiy kuzatish quyidagi komponentlarni o`z ichiga oladi:

ob`ekt tanlash;

maqsad qo`yish, uni tavsiflash;

xulosa chiqarish. 
Kuzatishda ob`ektni o`rganish unga aralashuvsiz amalga oshiriladi, bunda faqat 
ob`ektning xossasi, o`zgarishlari kuzatiladi va qayd etiladi. Tadqiqot natijalari bizga 
real mavjud ob`ektlarning tabiiy xususiyatlari va munosabatlari haqida ma`lumot 
beradi. Bu natijalar sub`ektning irodasi, sezgilari va istaklariga bog’liq bo`lmaydi.
Ilmiy kuzatish metodi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

Oldindan ataylab maqsad qo`yish. 


25 

Rejalashtirish. 

Maqsad yo`lida vazifani yo`naltirish, ya`ni ob`ektning eng ahamiyatli 
tomonlarini o`rganish. 

Faollik, ya`ni ayni kerakli hodisalarni izlash. 

Muntazamlilik, ya`ni kuzatishni ma`lum bir tizim bo`yicha olib borish. 
Zamonaviy fanda kuzatish turli asoboblarni qo`llash bilan bog’liqdir. Ular 
birinchidan, sezgi organlarini kuchaytirsa, ikkinchidan kuzatilayotgan hodisalarni 
baholashdagi sub`ektlashuvdan saqlaydi. 
Ijtimoiy fandagi kuzatish metodi o`zining murakkabligi bilan ajralib turadi
chunki bu holda uning natijasi ko`p miqdorda kuzatuvchining shaxsiga va uning 
o`rganilayotgan hodisalarga bo`lgan munosabatiga bog’liq. 
Kuzatish natijalari diagrammalar, sxemalar, jadvallar, bayonnomalar, video va 
foto hujjatlar sifatida rasmiylashtiriladi. 
Qiyoslash usuli
bilishning keng tarqalgan usuliga kiradi va “
hamma narsa 
qiyoslanganda bilinadi
” tamoyiliga tayanadi. Qiyoslash natijasida bir qancha 
ob`ektlar uchun umumiy bo`lgan va faqat o`ziga xos jihatlar aniqlanadi. Qiyoslash 
qonuniyatlar va qonunlarni bilishda bir qadamdir.
Qiyoslash unumli bo`lishi uchun 2 ta talabga rioya qilish zarur: 
1. Qiyoslash uchun ular o`rtasida muayyan ob`ektiv umumiylik bo`lgan 
ob`ektlargina tanlanishi kerak. 
2. Taqqoslash jarayoni eng ahamiyati belgilar va xossalar bo`yicha amalga 
oshirilishi zarur.
Qiyoslash asosida olingan natijalar “kattaroq, kichikroq yoki teng” degan 
javoblar bilan xulosa qilinadi.
Hisoblash deb
– tor texnik ma`noda berilgan majmua yoki to`plamdagi bir tipli 
ob`ektlar sonini aniqlash jarayoniga aytiladi. Hisoblashni amalga oshirish uchun 
farqni aniqlash, har bir diskret ob`ektni ko`ra bilish lozim. Hisoblashning natijalari 
bo`lib sonlar hisoblanadi. Ular EHM da tahlil qilish uchun asosiy manba bo`lib 
xizmat qiladi.
O`lchash deb
– ma`lum bir kattalikni o`lchov birligidagi etalonga nisbatan 
raqam sonidagi qiymatini aniqlashdan iborat bo`lgan fizik jarayonga aytiladi. 
O`lchashda quyidagi komponentlarning bo`lishi talab etiladi: 

o`lchash ob`ekti; 

etalon; 

o`lchov asbobi; 

o`lchash metodi.
Qiyoslashdan farqli o`laroq, o`lchash bilishning ancha aniq vositasi 
hisoblanadi. Bunda atrof borliqdagi ob`ektlar haqida yuqori aniqlikdagi ma`lumot 
olinadi. O`lchash metodi eksperiment va nazariya orasidagi bevosita bog’lanishni va 
ilmiy tadqiqotlarning yuqori darajadagi aniqligi va to`g’riligini ta`minlaydi. 
O`lchash haqidagi fan metrologiya deb ataladi. 
Hisoblash bilan o`lchash miqdoriy ma`lumot olishning asosiy metodlaridir. 
Ularning natijalari sonlardir. Hisoblash nazariy jihatdan xatolarsiz bo`ladi, ammo, 


26 
o`lchash bexato bo`lmaydi. O`lchashning aniqlik darajasi ilmiy tadqiqot darajasini 
belgilaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin