Instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

 
3.
 
Ilmiy ijodda tilning o`rni 
 
«So`z bilan munozaralar qilinadi, tizimlar tuziladi», deb yozgan edi buyuk 
Gyote. 
Darhaqiqat, so`z boyligidan, oddiy og’zaki tildan, xuddi shuningdek maxsus 
ilmiy tildan mazmunli, unumli foydalanishni bilmagan odam ilmiy munozara va 
muhokama yurita olmaydi. 
Ilmiy ijod, ilmiy kashfiyot natijalari ilmiy maqola, hisobot, dissertatsiya, 
monografiya va hokazolar shaklida til, so`z bilan rasmiylashtiriladi.
Ilmiy bilish va 
ijodda inson tilining faolligi muammosi til va tafakkur falsafiy muammosi bilan 
uyg’unlashadi: ularning o`zaro aloqasi uzviy, ajralmas xususiyatga ega, zero, ong, 
ma`naviyatning oliy ifodasi, shaxsning ichki, sub`ektiv olami insonning murakkab 
tuzilishga ega bo`lgan miyasining funktsiyasi sifatida vujudga kelishi mumkin 
bo`lgan, inson miyasi esa mehnat va nutq ta`sirida shakllangan.
Ong va til birdam, ammo bu ichki ziddiyatlarga to`la birdamlik. Ong 
voqelikni aks ettiradi, til esa uni ifodalaydi va fikrni ifoda etadi. Nutqda insonning 
fikrlari, obrazlari va tasavvurlari, sezgilari, emotsiyalari va kechinmalari moddiy 
shakl (og’zaki nutq - ovozli, yozma nutq - yozma shakl) kasb etadi va shu asno 
shaxsning ichki olamidan tashqi olamga o`tadi, boshqa odamlarning mulkiga 
aylanadi. Inson tili - odamlarning bir-biriga ta`sir ko`rsatish, ularning bir-biri bilan 
aloqa qilish va bir-birini tushunish vositasidir.
Til ongni va uning bilish, ijodiy funktsiyalarini shakllantiradi. Insonning 
aqlga muvofiq nutqi, tili bir avlod vakillari o`rtasida ham, o`tmish va kelajak 
avlodlar o`rtasida ham aloqa funktsiyasini bajaradi. Til yordamida kitoblar, 
solnomalar, manuskriptlarda ifodalangan o`tmish voqea-hodisalari haqida tarixiy 
xotira, axborot bugungi kunga kirib kelmoqda. Bilim, ilmiy ijod durdonalari til va 
kitob orqali avloddan avlodga o`tib, ilmiy ijod jarayonining vorisiyligi va 
uzluksizligini ta`minlab kelayotir.
Inson tafakkurining eng oliy yutuqlari so`zlarda o`zining aniq ifodasini 
topadi.
Til - inson fikrini ifodalashning universal vositasidir. Til inson bilan birga 
vujudga keladi va uning hayotida favqulodda muhim o`rin tutadi. Til yordamida 
inson boshqa odamlar bilan aloqa qilib va axborot almashib qolmay, ilmiy va 
falsafiy abstraktsiyalar, tushunchalar, mushohadalar ham yaratadi. Til yordamida 
inson ongida hodisalar va predmetlarning ideal obrazlari va modellari yaratiladi.
Shunday qilib, ong va til birdir, zero, ular kelib chiqishi va tarixiy taraqqiyoti 
jarayonida bir-biri bilan chambarchas bog’langandir. Til - fikrning moddiy shaklidir, 
mohiyat e`tibori bilan, ong ham, til ham ijtimoiy xususiyatga ega. Qadimgi 
ajdodlarimiz bir-biriga nimadir aytish, o`z fikrlari va bilimi bilan o`rtoqlashishga 
ehtiyoj sezgan qadim davrlarda tilga ehtiyoj tug’ilgan. Tafakkur va til bir-biridan 
alohida mavjud bo`lmaydi. Til tafakkurni ob`ektivlashtiradi, uni boshqa odamlarga 
tushunarli qiladi, odamlar o`zini qurshagan muhit haqida til shaklida tasavvur hosil 
qiladi.


140 
Inson o`z hayotining ilk davridayoq voqelikni faol idrok etadi. U o`zini 
qurshagan olamni faol, ijodiy o`zgartiradi va unga nisbatan o`zining faol 
munosabatini til yordamida ifoda etadi.
O`z rivojlanish jarayonida til muttasil takomillashib boradi. Uning nutq 
vositalari tizimi ham boyib boradi, insonga emotsional-psixologik ta`sir ko`rsatadi 
hamda uning murakkablashib borayotgan sezgilari va kechinmalarining keng 
majmuini ifoda etadi.
Til inson ma`naviy hayotining hodisasi sifatida shaxsning ongini, tafakkur 
darajasini, real borliqning mohiyatini teran tushunish darajasini shakllantiradi. 
Hozirgi zamon strukturaviy lingvistika frantsuz maktabining yirik vakillaridan biri 
Gyustav Giyom tilning yuqorida zikr etilgan xossasi haqida shunday degan edi: 
«Anglashilmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun til strukturalari bizga insoniyat 
tarixiy taraqqiyotining ma`lum joyida va ma`lum davrida odamlarning fikrlash 
imkoniyatlarini emas, balki har bir alohida odam qay darajada rivojlanmagan 
bo`lmasin, odamlarning tafakkuri pastga tushishi lozim bo`lmagan imkoniyatlar 
darajasini ko`rsatishini qayd etib o`tish kerak. Til strukturalari mazkur tarixiy 
davrda odamlarning ayrim guruhi uchun umumiy bo`lgan ma`naviy tsivilizatsiya 
darajasini, ya`ni mazkur guruhdagi minima shartlarini ko`rsatadi». Tafakkur va 
ijodning eng yuqori darajasini, «ma`naviy tsivilizatsiya darajasi»ni belgilab, til 
bilishda hamda bilish natijalarini odamlar tsivilizatsiyasining mazkur tarixiy borlig’i 
nuqtai nazaridan tushunib etish, talqin qilish jarayonida uyushtiruvchi, integrativ rol 
o`ynaydi. Gyustav Giyomning o`zi tilga fikr oqimini tartibga solish usuli deb 
qaraydi. «Bu haqda unga ma`lumot beradigan til bo`lmaganida, fikrlovchi, o`zida 
o`z fikrini tuzuvchi inson (agar u fikrni tuzmaganida, fikr bo`lmas edi) u mazkur 
fikrni tuzishning qaysi bosqichida tuganini bilmagan bo`lardi. Asrlar, davrlar, 
lahzalar osha til insonga, o`z fikrini tuzuvchiga yakunlangan tuzilish manzarasini 
beradi». 
Fikr so`zda ifodalanib, jamiyatda ishlab chiqilgan ma`nolarda shaklga 
solinadi, tuziladi va boshqa odamlar ongiga tushunarli ahamiyat kasb etadi. Fikr til 
yordamida ob`ektivlashadi, sub`ektdan ajraladi, zero, tilda butun insoniyat o`z 
tarixiy taraqqiyotida atrof olamni ijodiy bilish yillarida orttirgan bilim o`z ifodasini 
topadi. 
Hozirgi 
zamon 
strukturaviy 
lingvistika 
maktabining 
asoschisi, 
shveytsariyalik lingvist Ferdinand de Sossyur tilga narsalar tabiiy holatiga 
asoslanmagan alohida ijtimoiy hodisa deb qaraydi: til - bu belgili, semiotik 
sistemadir. Odamlar bir-birini faqat til orqali tushunadi. Til belgili sistema sifatida 
harakatchan, shartli, hamma erda hozirdir, u ijodga, bunyodkorlikka va hatto 
frantsuzcha jozibadorlikka da`vat etadi.
Poststrukturalist Mishel Fuko o`zining «Diskursiv amaliyotlar falsafasi» 
asarida so`zlar (til) va narsalar falsafiy, epistemologik nuqtai nazardan inert bo`lib, 
ma`lum qoidalar (formal mantiq va sog’lom fikr)ga asosan amalga oshiriladigan 
falsafiy diskurs, sub`ektning amaliyot va bilishda so`zlar va narsalardan ongli 
ravishda, ijodiy foydalanishi ularga jon baxsh etadi deb ko`rsatadi. Diskurs til va 
voqelikni yaqinlashtiradi, ammo so`zlar va narsalarni tarkibiy qismlarga ajratadi, 


141 
so`zlarning ma`nosini moslashuvchan va omonat qilib qo`yadi. M. Fuko 
kontseptsiyasiga muvofiq, til turli davrlar madaniyatida mutlaqo har xil o`rin tutadi: 
Uyg’onish davrida til boshqa ko`plab narsalar orasidagi narsa deb, klassik 
ratsionalizm davrida - fikrning shaffof ifodasi deb e`tirof etilgan, nihoyat, hozirgi 
zamon postmodernistik jamiyatida til mustaqil kuch hisoblanadi. 
Amerikalik tilshunos Noem Xomskiy til asoslari bilan kundalik turmushda 
tildan foydalanish o`rtasida qat`iy chegara o`tkazadi. Lingvistik layoqatga ega 
bo`lgan shaxsning ijodiy faolligi tilning grammatik qoidalari asosida bilim va 
ma`noga to`liq bo`lgan ko`plab gaplar tuzishda namoyon bo`ladi. N. Xomskiy 
«universal grammatik o`zak» kontseptsiyasini - barcha tillar uchun umumiy 
qoidalarning bir variantli to`plamini ishlab chiqdi, muayyan til (rus, ingliz, xitoy 
tillari) esa mazkur universal o`zak o`lchamlarining u yoki bu to`plamining amaliy 
ifodasidir.
Amerikalik olim M. Minskiy tomonidan ishlab chiqilgan tilni va insonning 
bilishida tilning o`rnini tahlildan o`tkazishga nisbatan «freymcha» yondashuv 
epistemologiya hamda ilmiy bilish va ijod metodologiyasida ma`lum qiziqish 
uyg’otadi. Olim «freym» atamasini biron-bir ob`ekt yoki hodisani ma`lum tarzda 
tavsiflash uchun kiritgan. Bilishga freymcha yondashuvda inson tafakkurida 
axborotni idrok etish, saqlash, tilni aloqa vositasi sifatida takomillashtirish jarayoni 
sodir bo`lishi uchun poydevor yaratuvchi asosiy strukturaviy elementlarni ajratish 
talab etiladi. Mana shu elementlar - freymlardir. «Inson o`zi uchun yangi vaziyatni 
bilish yoki oddiy narsalarga yangicha qarash uchun o`z xotirasidan biz freym deb 
ataydigan ma`lumotlarning ayrim tuzilishini (obrazni) shunday mo`ljal bilan tanlab 
oladiki, bundan u mazkur freymda alohida detallarni o`zgartirish yo`li bilan 
hodisalar yoki jarayonlarning yanada keng turkumini anglash uchun tuzilma hosil 
qilishni ko`zlaydi. Mana shu holat mazkur nazariyaning tayanch nuqtasi bo`lib 
xizmat qiladi», deb yozadi M. Minskiy. Masalan, xonaga kirib, u yerda stulni 
ko`rishni kutgan odam stul freymiga ega bo`ladi, hikoyani o`qishga kirishgan odam 
esa hikoya freymiga ega bo`ladi. Bu freymlar va ularning o`zaro ta`sir etish 
mexanizmlari inson hayoti davomida shakllanib va rivojlanib boradi. Bilim haqida 
freymcha tasavvurlarning afzalligi ularning tejamliligida, komp’yuter tarmog’i 
ma`lumotlar bazasidan axborotni avtomatlashtirilgan yo`sinda qidirish vaqtini 
qisqartirish imkonini berishida va ilmiy tadqiqotlarning turli sohalarida freym tilidan 
foydalanishning qulayligidadir.
Martin Xaydegger tilning mohiyati haqida fikr yuritib, inson fikrda va tilda 
borliqni ifodalashini qayd etgan edi. Falsafiy germenevtikaning boshqa bir yirik 
namoyandasi Xans-Georg Gadamer tushunish germenevtikaning asosiy muammosi, 
germenevtikaning kuchi - falsafaning universal jihatida ekanligini ko`rsatib o`tadi. 
Uning fikricha, insonning dunyoni tushunishi, odamlarning bir-birini tushunishi «til 
stixiyasi»da amalga oshadi.
XX asr analitik falsafasi doirasida Gottlob Frege o`zining «Tushunchalarni 
hisoblash» kitobida tilning yangi falsafiy nazariyasini yaratdi. Bu nazariyada u 
mazmun, ma`no va haqiqat haqidagi ta`limotni rivojlantirdi. Mazkur kitobi bilan u 
hozirgi zamon matematik mantig’iga asos soldi. Bertran Rassel Frege nazariyasini 


142 
ishlab chiqib va unga tanqidiy aniqlik kiritib, tilni bilish va aloqa vositasi sifatida 
har xil mavhumliklar, ikkiyoqlamaliklar, jumboqlardan ozod qilishga, unga 
mantiqan aniq, izchil tus berishga harakat qildi.
Ustozi va do`sti B. Rasseldan farqli o`laroq, Lyudvig Vitgenshteyn 
mantiqdan ham ko`ra ko`proq tilga qiziqdi. Tilning maqomi haqida fikr yuritib, u 
predmetlar olami va insonning ichki dunyosi bilan til qanday bog’lanadi, degan 
savolga javob izladi va quyidagi xulosaga keldi: mantiq tilda o`zining bevosita 
aksini topadi, mantiq va tilning tuzilishi amalda bir xildir. Bilish nazariyasiga kelsak, 
Vitgenshteyn uni mustaqil ahamiyatga ega emas deb topdi, zotan, tilni o`rganish 
fikrlash jarayonlarini o`rganish demakdir, til fikrni ifodalash chegarasi bo`lib, bu 
chegaradan o`tish mumkin emas, chunki uning ortida ma`nosizlik yotadi.
Rudolf Karnap til sintaksisining mantiqiy xususiyatini aniqladi. «Tilning 
mantiqiy sintaksisi» kitobida Karnap mantiqiy til tuzish uchun belgilarni ta`riflash 
va bir jumladan boshqa jumla yasash qoidalarini yaratish zarur, deb qayd etadi. 
Muhimi shuki, til to`g’ri tuzilishi kerak. Mazkur modelga asosan, ilmiy bilim 
negizida sub`ektning hissiy kechinmalarini ifodalovchi mutlaqo haqqoniy, 
protokolda belgilangan gaplar yotadi. Ilmiy tilning qolgan barcha gaplarini 
verifikatsiya qilish, protokolda belgilangan gaplar bilan bog’lash kerak. 
Alfred Tarskiy haqiqatni semantik aniqlashda tabiiy tilga xos bo`lgan 
semantik, ma`no bilan bog’liq (Rassel va «Yolg’onchi» paradokslariga o`xshash) 
paradokslarni engishga harakat qildi. Tarskiyning fikricha, tabiiy tillarni 
formalizatsiya qilish mumkin, haqiqatni qat`iy aniqlash esa moddiy muvofiqlik va 
formal-mantiqiy ziddiyatsizlik talablarini qondirishi kerak edi.
Uillard Kuayn nazariyaning alohida gaplari va gipotezalari emas, balki 
o`zaro bog’langan gaplari tizimi, uning metatili ilmiy bilishda sinovdan o`tkazilishi 
lozim, deb ko`rsatdi. Ilmiy nazariya tajriba bilan to`qnashganda nazariyaning 
metatili olimlarning konventsionalizmi, kelishuvi asosida o`ziga o`zi tuzatish 
kiritishga qodirligi tufayli barqaror va turg’un bo`lib qoladi. Nazariyalar tufayli biz 
ob`ektlar haqida ma`lumot olamiz, nazariyalarni bir-biriga taqqoslab biz amalda 
ularning tillarini bir-biriga solishtiramiz: tillar olamida tillarning tolerantligi, bir-
biriga nisbatan «bag’rikengligi», o`zaro talqin qilishlar, nazariyani bir tildan boshqa 
tilga o`girish o`rinlidir, ammo buni mantiq va falsafaning qat`iy nazorati ostida 
amalga oshirish kerak.
Umuman olganda, til analitik falsafasi har bir tilda semantika (shakl), 
sintaksis (ma`no) va pragmatika (til chegaralaridan chiqish)ni birlashtirishdan kelib 
chiqadi.
Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar 
 
1.
 
Ilmiy mahsulotni joriy etish deganda nima tushuniladi ? 
2.
 
Joriy etishning qanday bosqichlari mavjud ? 
3.
 
Ilmiy tadqiqot ishlarini ishlab chiqarishga qo`llash usullari? 
4.
 
Ilmiy tadqiqot ishlari iqtisodiy samaradorligi qanday hisobladi?
5.
 
Texnoparklar va texnopolislar nima, ular nima uchun tuziladi? 
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin