137
14.2-rasm. “Skolrovo” lavhalari
Dunyoda hozir 400 ga yaqin texnoparklar faoliyat yurityapti. Ko’pchilik
parklar yaratilmoqda yoki yaratilish arafasida.
Texnopolis
– texnoparkka nisbatan yirikroq iqsodiy faol zona bo’lib,
shaharning universitetlar, tadqiqot markazlari,
texnoparklar, biznes-inkubatorlar,
sanoat va boshqa korxonalar majmuasidan tarkib topgan.
Fan ijtimoiy ishlab chiqarish turlaridan biridir
.
Ilmiy tadqiqotlar samarasi turlicha bo`ladi:
-
iqtisodiy samaradorlik
(milliy daromadning oshishi, ish samaradorligi va
mahsulot sifatining oshishi, ilmiy tadqiqotlarga bo`lgan xarajatning kamayishi);
-
ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik
(og’ir mehnat sharoitini bartaraf etish,
atrof muhitni tozalash, tibbiy-gigiena sharoitini yaxshilash va h. k.);
-
mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash
;
-
mamlakat ilmiy salohiyatining obro`si.
Ilmiy tadqiqotlar samaradorligini baholash uchun ular natijasi qay
darajadaligini tasvirlovchi turli mezonlar qo`llanadi.
Dostları ilə paylaş: