Asosiy tayanch so’z va iboralar:
Ilmiy tadqiqot ishlari natijalari;ilmiy mahsulot;
joriy etish; yangilik
mezoni; ilmiy xodimning ish samaradorligi; ilmiy tadqiqot ishlari iqtisodiy
samaradorligi, texnopark, ilmiy til
Ma’ruzadan maqsad
: Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarishga
joriy etish va ilmiy tadqiqot ishlari iqtisodiy samaradorligini hisoblashni o’rganish
1.
Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish
Joriy etish - texnik-iqtisodiy samarani bevosita yoki bilvosita ta`minlovchi
ilmiy mahsulotni ishlab chiqarish yoki iste`mol sohasida qollash jarayonidir.
Ilmiy mahsulot buyurtmachi yoki iste`molchiga hisobotlar, yo`riqnomalar,
uslubiyot, muvaqqat ko`rsatmalar, texnikaviy shartlar, texnik loyiha, texnologik
reglament va h.k.lar tarzida beriladi. Iqtisodiyotning ko`pgina sohalarida undan
mavjud mahsulotni raqobatbardoshligini ta`minlash uchun takomillashtirish yoki
yangisini yaratishda foydalaniladi. Bunday holda joriy etish jarayoni ikki bosqichda
bajariladi: birinchi bosqich -tajribaviy-ishlab chiqarishga joriy etish, ikkinchisi -
seriyali.
Birinchi bosqichda konstruktsiyalar, mashinalar, materiallar va h.k. larning
tayyorlangan tajriba namunalari rejalashtirilgan turlicha ishlab chiqarish
sharoitlarida, shuningdek, tasodifiy tabiiy omillar ta`sirida qunt bilan o`rganiladi.
135
ekspluatatsiya ko`rsatkichlari va xarajatlar, ishonchlilik va uzoq muddatlilik,
tayyorlash va ekspluatatsiya qilishning texnologiyaviyligi, ekologik va
antropotexnik ko`rsatkichlar va h.k. larga alohida e`tibor qaratiladi.
Tajriba-ishlab chiqarish natijalari bo`yicha turli hujjatlar bilan tushuntirish
xati tayyorlanadi, Bularda tajriba-namunalarga konstruktsiyaviy, texnologik,
ekspluatatsiyaviy, iqtisodiy, ekologik, ergonomik, tibbiy-gigienik, yonishga qarshi
va boshqa xususiyatlari bo`yicha baho beriladi. Hujjatlar buyurtmachining va ITIni
bajargan ilmiy-tadqiqot tashkilotining vakillari tomonidan imzolanadi.
Joriy etishning birinchi bosqichi katta moliyaviy xarajatlarni talab etadi.
Chunki tajriba namunasini tayyorlash ko`p mehnat talab qiladi va ko`pincha
to`g’rilash qayta o`zgartirishlar qilishga majbur bo`linadi.
Yangi mahsulot namunasi tajriba-ishlab chiqarish sinovidan so`ng ikkinchi
bosqichda seriyali ishlab chiqarishga joriy etiladi. Bunda joriy etish hajmi
buyurtmachi tomonidan xaridor bozori talabidan kelib chiqilgan holda belgilanadi.
Ilmiy mahsulotni joriy etishni tezlashtirish uchun ilmiy-tadqiqot tashkiloti
loyihalash tashkiloti bilan birlashadi. Bunday vaziyatda barcha ishlarga bitta markaz
rahbarltsk qiladi. Natijada joriy etish muddati qisqaradi, mahsulot sifati va
raqobatbardoshligi oshadi. Rivojlangan mamlakalarda mazkur muammo
texnoparklar
yordamida hal etiladi.
Texnopark
55
bir yoki bir necha ITI, sanoat korxonalari, ko’rgazma
tashkilotlari, biznes-markazlar, o’quv muassasalari bilan yaqin aloqaga ega, ilmiy
va axborot muhitini rivojlantirish bilan shug’ullanuvchi, yangi ilmiy mahsulotni
texnologiyalar bozoriga jadal kirib borishi uchun baza yaratuvchi tashkilot (yuridik
shaxs)dir.
Birinchi ilmiy park asoschisi deb Stenford Universitetini (AQSh) aytishadi.
XX asrning 40-yillari oxiri -50-yillar boshida Stenford parki tijorat faoliyati
yurgizish joyiga aylandi, bu faoliyatning asosini universitetning laboratoriyalardagi
qobiliyatli olimlarning ilmiy faoliyat natijalari tashkil qildi. Bu parkda ko`plab
tashkil qilingan firmalar kechroq katta xalqaro kompaniyalarga aylanishdi. Masalan,
"Xyulett-Pakkard" firmasi. Bu firma misolida texnoparklar faoliyati natijasida
qanaqa natijalarga erishish mumkinligini ko`rish mumkin. Shunga qaramay,
Stenford parkini to`la qurib olish va infrastrukturani shakllantirish hamda bo`sh
yerlarni arendaga berish uchun 30 yil kerak bo`ldi. Bu dalil texnopark loyihalarini
fundamental xarakterini ko`rsatadi - bu loyihalar uzoq muddatli bo`ladi va bu sabr
va matonat talab qiladi.
Terman g’oyasi va uni Stenford universiteti hududida joriy qilish Kremniy
(Silikon) vodiysi (Кремневая (Силиконовая) долина (англ. The Father of Silicon
Valley) ning yaratilishiga asos bo’ldi.
55
https://ru.wikipedia.org/wiki/Технопарк
|