mo`ljallanayotgan, kutilayotgan va haqiqiy iqtisodiy samaradorlik bir-biridan farqlanadi.
Mo`ljallanayotgan iqtisodiy samara ilmiy tadqiqot ishini asoslashda va uni ish
rejasiga kiritishda belgilanadi. Mazkur holda hisob-kitoblar taxminan,
bashoratlanayotgan joriy etish ko`lamini hisobga olgan holda yiriklashtirilgan
ko`rsatkichlar bo`yicha olib boriladi.
Kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik ilmiy tadqiqoq bajarilish jarayonida
hisob-kitob qilinadi. U mahsulot ishlab chiqarishga joriy etiladigan muayyan
yililga bashorat qilinadi. Kutilayotgan samaradorlik mo`ljaldagdan ko`ra ancha aniq
mezon hisoblanadi.
Haqiqiy iqtisodiyot samaradorlik ilmiy mahsulot chiqarishga joriy
etilgandan so`ng belgilanadi, hisob-kitob ilmiy tadqiqotlar va joriy etish uchun
amalda ketgan xarajatlar bo`yicha olib boriladi. Bunda haqiqiy samara
kutilayotgandan kam bo`ladi. U iqtisodiy samaradorlikning ishonchli mezoni
hisoblanadi.
Kutilayotgan yoqi haqiqiy iqtisodiy samaradorlik quyidagi tenglama
bo`yicha anaqlanadi:
S=X qx2 –X qx1 , (14.1)
bunda
X qx1 va
X qx2 - oldingi (tayanch variant)ga va yangi (ilmiy tadqiqotlar natijalari
asosi)ga muvofiq xarajatlar. Ular quyidagicha hisoblanadi:
X qx =T+E M K, (14.2)
bunda
T - mahsulot birligi tannarxi, so`m;
K — ITMni yaratishga qo`yilgan kapital
mablag’, so`m;
E M — iqtisodiy samaradorlikning me`yoriy koeffitsenti
(E M = 0,15).
Ishlab chiqarishga yakunlangan tadqiqotlarni joriy etish ITI ning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Joriy etish jarayonini jadallashtirish uchun ilmiy-tadqiqot tashkilotlari loyihalovchilar bilan birlashib texnoparklar, texnopolislar tashkil etadi. Ilmiy tadqiqotlarning natijalarini joriy etish
139
baholashning asosiy mezoni bo`lib, haqiqiy iqtisodiy samaradorlik hisoblanadi.