Instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Dastlabki 
va 
rasmiy 
himoyani 
o`tkazish 
tartibi. 
Magistrlik 
dissertatsiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida 
kafedra tomonidan tuzilgan komissiyada tashkil etiladi. 
Dastlabki himoyaga boshqa kafedralardan, shuningdek boshqa tashkilotlardan 
mutaxassislar taklif etilishi mumkin. 
Ilmiy maslahatchi tayinlangan holda dastlabki himoyaga qadar undan 
magistrlik dissertatsiyasiga xulosa olish ham talab etiladi. 
Dastlabki himoyaga qadar magistratura talabasi ichki va tashqi hamda ilmiy 
rahbar taqrizlariga, shuningdek dissertatsiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy 
maqola yoki tezisga ega bo`lishi kerak. 
Dastlabki himoya yakunlari kafedralar yig’ilishi bayonnomasi bilan 
rasmiylashtiriladi. 
Ichki va tashqi taqrizchilarni oliy ta`lim muassasasining tegishli kafedrasi 
tavsiya etadi va ularning ro`yxati ilmiy ishlar bo`yicha prorektor (direktor 
o`rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. 
Taqrizchi vazifalariga quyidagilar kiradi: 

magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va tugallanganligi 
to`g’risida xulosa taqdim etish

dastlabki himoyadan kamida 3 kun oldin taqriz taqdim etish; 

kasb odob-axloqi qoidalarining buzilishi holatlari (plagiat, ma`lumotlarni 
soxtalashtirish, yolg’on tsitata keltirish va boshqalar) aniqlangan taqdirda, ularni 
taqrizda ko`rsatish. 
Magistrlik dissertatsiyasi belgilangan talablarga mos kelmagan holatlarda, 
magistratura talabasi tomonidan kasb odob-axloqi qoidalari (plagiat, ma`lumotlarni 
soxtalashtirish, yolg’on tsitata keltirish va boshqalar) buzilganligi aniqlangan 
taqdirda, shuningdek ushbu holatlarni qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud 
bo`lmaganda taqrizchi magistrlik dissertatsiyasini himoyaga qo`yish maqsadga 
muvofiq emasligi to`g’risida xulosa beradi. 
Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy ta`lim muassasasi 
rektori (direktori)ning buyrug’i bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi. 
Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi oliy ta`lim muassasasining 
Davlat yakuniy attestatsiya komissiyasi (keyingi o`rinlarda Komissiya deb ataladi) 
tomonidan o`tkaziladi. 
Magistratura talabasi magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi taqdimot 
materiallari bilan bayon etilishi va 20 daqiqadan oshmasligi lozim. 
Rasmiy himoyada Komissiya a`zolari magistratura talabasini quyidagi 
mezonlar asosida baholaydi: 

magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini va uning 
amaliyot bilan bog’liqligini ko`rsatib bera olishi; 

magistratura talabasining tadqiqotga va vazifalarni hal etishga mustaqil 
yondashuvi; 

foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, normativ-huquqiy hujjatlar, 
statistik ma`lumotlar, shuningdek xorijiy tillardagi adabiyotlar tanqidiy tahlilining 
to`liqligi va chuqurligi


42 

tadqiqot usullari amaliyotda qo`llanilganligining asoslanganligi; 

olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliy ahamiyati; 

magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi doirasida o`tkazilgan 
tadqiqotlar va olingan natijalarni rivojlantirish istiqbollarini ko`ra bilish qobiliyati; 

magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy qismlaridagi o`zaro 
mantiqiy bog’liqlikni kuzata bilish malakasi. 
«Qoniqarsiz» baho qo`yilganda yoki magistrlik dissertatsiyasi rasmiy 
himoyaga qo`yilmagan taqdirda magistratura talabasi keyingi 3 yil davomida uni 
qayta himoya qilish huquqiga ega.
Magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoyasi natijalari oliy ta`lim muassasasi 
Ilmiy kengashida muhokama etiladi. 
Himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalari oliy ta`lim muassasasida 3 yil 
davomida saqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin