17
Nazariyaning haqqoniylik mezoni – bu amaliyotdir
. Tabiat va jamiyatning
ob`ektiv qonunlarini bilishga asoslangan ilmiy nazariyalar ushbu qonunlar natijasida
kelgusida vujudga keladigan hodisalarni oldindan ko`ra olish imkoniyatini beradi.
Ilmiy nazariya – bu ma`lum bir hodisalar yig’indisini tushuntirib beruvchi va
ilgari surilgan barcha qonuniyatlarni asoslovchi va shu sohada ochilgan qonunlarni
yagona bir asosga birlashtiruvchi bilimlar tizimidir. Masalan: nisbiylik nazariyasi,
kvant nazariyasi, davlat va huquq nazariyasi va h.k.
Fanning dastlabki «bo`laklanishi» – uning tuzilishiga
qarab fundamental va
amaliy tadqiqotlarga, fundamental (nazariy) va amaliy fanlariga bo`linishidan
boshlangan.
Qisqacha qilib aytganda, fundamental tadqiqotlar bu shunday tadqiqotlarki, u
yangi hodisalar va qonuniyatlarni ochib beradi. Bu izlanishlar narsa, voqea va
hodisalar tabiatida nimalar yotishini asoslab berishdir.
Amaliyot fani ma`lum texnik muammolarni moddiy
qiziqishlar va jamiyat
manfaati bilan bog’liq holda hal qilishni o`z oldiga vazifa qilib qo`yadi.
Fundamental izlanishlar olib borilganida sof ilmiy nazariy masalani ham, aniq
amaliy muammoni ham maqsad qilib qo`yish mumkin.
Akademik A.M. Proxorov
7
fizika fanini qo`llagan holda, fundamental
tadqiqotlarni ikkita yirik guruhlarga bo`lishni ta`kidlaydi.
Ulardan biri bizning
bilimimiz doirasini oshirishga, insoniyat talabini
qondirish va, avvalo, mazkur izlanuvchining mavjud dunyoni chuqurroq
tushunishiga qaratilgan.
Boshqa guruh tadqiqotlar ma`lum amaliy natijalarga etishishi uchun
fundamental bilimlarni olishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan.
Odatda fanning ma`lum rivojlanish darajasi, fundamental tadqiqotlarning har ikkala
guruhlarining vazifalari har hil bo`lishiga qaramay, ular metodologik jihatdan bir-biriga
yaqin. Ular orasiga keskin chegara qo`yish mumkin emas. Agar tadqiqotlarda aniq ilmiy
vazifa ko`zda tutilgan bo`lsa, bu
izlanish amaliy foyda bermaydi, deb o`ylash xatodir.
Huddi shunday, muhim amaliy vazifalarni yechishga qaratilgan fundamental tadqiqotlar
bajarilayotganda, undan umumbashariy ahamiyatga ega bo`lgan natijalar olish
mumkinligini unutmaslik kerak. Fanning rivojlanish tarixi bunga misoldir.
Dostları ilə paylaş: