12
Biroq fan o`zining yangi metodologiyasini yaratib, amaliyot ruhi bilan
sug’orilgani sari u o`z tarixiy vatani– falsafa qirg’oqlaridan uzoqlasha boshlaydi.
Ko`rib chiqilayotgan davr oxiriga kelib u falsafiy, diniy, texnologik aqidalardan
qat`i nazar rivojlanishi mumkin bo`lgan bilimlar tizimi sifatida tushunila
boshlaydi. Natijada fan faoliyatning alohida, mustaqil sohasiga aylanadi.
Professional olimlar paydo bo`ladi, ularni tayyorlash amalga oshiriluvchi universitet
ta`limi tizimi rivojlanadi. O`z faoliyati, muloqot va axborot ayirboshlashning
alohida shakllari va qoidalariga ega bo`lgan ilmiy hamjamiyat vujudga keladi.
XVII asrda dastlabki ilmiy akademiyalar: Rimda (1603) birinchi ilmiy
akademiya Dei Licheya Akademiyasi (bu akademiyaning a`zolaridan biri G. Galiley
bo`lgan), London qirollik jamiyati (1660), Parij Fanlar akademiyasi (1666) tashkil
topadi. Keyinroq Berlinda (1700), Sankt-Peterburgda (1724), Stokgol’mda (1739)
va Evropaning boshqa poytaxt shaharlarida ilmiy akademiyalar ta`sis etiladi.
Bu akademiyalarning eng yirigi– London qirollik jamiyati bo`lib, u tashkil
etilgan paytda 55 a`zodan iborat bo`lgan. Parij Fanlar akademiyasi 21 kishidan
iborat tarkibda ish boshlagan. Sankt-Peterburg akademiyasining a`zolar shtatida
dastlab 11 kishi belgilangan. Yevropa mamlakatlarida XVIII asr boshiga kelib
olimlar soni bir necha ming kishiga etgan bo`lsa kerak, chunki ilmiy jurnallarning
(bu davrda bir necha o`n ilmiy jurnallar nashr etilgan) tirajlari ming nusxagacha
borgan.
3.
Dostları ilə paylaş: