89
vositalari; eksperimentni o`tkazish ketma-ketligini aniqlash, olingan eksperiment
qiymatlarni qayta ishlash va ta`lil qilish.
Eksperimentning maqsadi va vazifalari ishchi gipoteza va nazariy ishlamalar
asosida chiqariladi.
O`zgaruvchi faktorlarni tanlash esa tadqiqot qilinayotgan ob`ekt yoki jarayon
to`g’risidagi nazariy ma`lumotlar asosida amalga oshiriladi. Maqsad va vazifalardan
asosiy va ikkilamchi faktorlar aniqlanadi.
Eksperiment o`tkazishda o`lchov usullari va vositalarini to`g’ri tanlash kerak.
O`lchov apparatlari mumkin bo`lgan faktorlarni o`zgarish diapazoni va kerakli
aniqlikka mos ravishda tanlanadi.
Eksperimental tadqiqotlarni o’tkazish mehnat va ashyoviy vositalarning
ko’plab sarflari bilan bog’langandir. Shuning uchun tajribalarni o’tkazish vaqtini
va sarflarini sezilarli kamaytirishni ta`minlovchi eksperimental tadqiqotlarni
usullarini o’rganish muhim. Ushbu talablarga eksperimentni rejalashtirish va
uning tahlilini matematik usullaridan foydalanish to’la javob beradi.
Keyingi paytlargacha, matematik usullar, xususan matematik statistika
usullari, eksperimental tadqiqotlarning yakunlovchi bosqichlarida, eksperimentda
olingan natijalarga ishlov berish uchun qo`llanilgan.
Eksperimentlarni rejalashtirish esa matematik usullardan foydalanmasdan
amalga oshirilgan bo’lib, to’la ravishda eksperimentatorning intuitsiyasiga bog’liq
bo’lgan.
Eksperiment
jarayonini
matematik
statistika
usullari
bilan
formallashtirilgandan so’ng, eksperimental ishlarni o’tkazish va rejalashtirishdagi
tartibsizlikni yoqotishga olib keladi. Ushbu formallashtirish quydagilarni amalga
oshirish imkonni beradi:
- bir qator maqbul (optimal) xususiyatlarga ega bo’lgan eksperimentni
matematik modelini olish, misol uchun bir vaqtni o’zida natijalarning katta
aniqligini ta`minlash bilan tajribalar sonini kamaytirish;
- eng yaxshi yo’llar orqali eksperiment natijalariga ishlov berish va olingan
(qayta ishlangan) natijalardan aniq formallashgan qoidalar asosida yechimlarni
qabul qilish.
Dostları ilə paylaş: