5.1-rasm. Jarayonning kirish (E
j
, τ, W
b
va t
b
) va chiqish (Y
i
, t
i
W
i
)
ko`rsatkichlari
4. Eksperimentlarni rejalash
Faoliyat, laboratoriya qurilmasi va bajarish usullari eksperiment
rejasini belgilaydi.
35
Ko’p yillik tajriba shuni ko’rsatadiki, tadqiqotchida eksperimentning aniq
rejasining bo’lmasligi, odatda, ko’p vaqtini sarf bo’lishiga va uncha muhim
bo’lmagan natijalarga olib keladi. Shuning uchun, eksperimental ishlarni
murakkablashuvi bilan bir qatorda, uni rejalashtirish usullari ham takomillashtirib
borildi.
Eksperimental tadqiqotlarning an`anaviy usullari asosida tadqiqot
qilinayotgan bog’lanishni bir faktorni o`zgartirish va boshqalarining o`zgarmasligi
holida aniqlash
bir faktorli eksperiment
deyiladi
.
Bunda, tadqiqot qilinayotgan hodisa yoki ob`ektga har bir faktorning alohida
ta`siri o`rganiladi.
Bunday eksperimentni klassik rejalashtirishda, eng avvalo faktorlarni quyi va
yuqorigi qiymatlari o’rnatiladi, ya`ni uning chegaraviy darajalari, va keyinchalik
quyidan yuqoriga ketma-ket, yoki aksincha, faktor qiymatlari qabul qilingan
o’zgartirish intervaliga mos ravishda, sakrab o’zgartiriladi. Eksperimentni, bunday
ketma-ket rejasi qandaydir yangi qurilmani sinovi paytida juda qulaydir.
35
Gary W. Oehlert. A first course in design and analysis of experiments / Gary W. Oehlert. p. cm. Includes
bibligraphical references and index. ISBN 0-7167-3510-5. Copyright 2010.
–
p.4
94
Hozirgi paytda, eksperimental tadqiqotlarning samaradorligini oshirish uchun,
tadqiqotdagi ob`ektga bir qator faktorlarning
(k
o`
p faktorli eksperiment)
ta`sirini bir
vaqtning o`zida tekshirish imkoniyatini beruvchi matematik rejalashtirish keng
qo`llanilmoqda.
Bunday ko’p faktorli eksperimentni klassik rejalashtirishda, eksperimentga
ishtirok etuvchi barcha bogliqmas o’zgaruvchilar (faktorlar) bittasidan tashqari,
qandaydir ma`lum bir darajada o’zgarmas va stabillashtirilgan qiymatga ega
bo’ladi, bitta o’zgaruvchi esa qabul qilingan intervallarga mos ravishda barcha
diapazonda o’z qiymatlarini o’zgartiradi. Eksperiment natijasida,
x
2
,
x
3
va boshqa
o’zgaruvchilarning o’zgarmas darajasida
x
1
bogliqmas o’zgaruvchini ifodalovchi
maqsad funktsiyasini olamiz. Keyin, navbatdagi faktor o’zgartiriladi, qolganlari
stabillashtiriladi, va natijada boshqa faktorni ifodolovchi maqsad funktsiyasi olinadi.
Shunday qilib, ko’p faktorli eksperimentni klassik rejasi, ketma-ket bir
faktorli eksperimentni yigindisidan iborat bo’ladi. Bu reja xususiy va to’la bo’lishi
mumkin.
Eksperimentni rejalashtirish
(
ER
), eksperimental tadqiqotlarini o`tkazishda
matematik statistikaning qoida va qonunlarini ishlatish bilan xarakterlanadi. Bunda
matematik statistika usullari nafaqat eksperiment natijalariga ishlov berish uchun
emas, balki uni maqbul ravishda tashkillash vositasi bo`lib ham xizmat qiladi, ya`ni
murakkab tizim va jarayonlarni, eksperimentni yuqori samaraliligini va
tekshirilayotgan faktorlarning aniqligini ta`minlash bilan bir qatorda, tadqiqot qilish
va maqbullash imkoniyatini beradi.
Eksperimentni rejalashtirishning asosiy
afzalligi - bu hodisalar mexanizmi to`g`risida to`la bilimga ega bo`lmagan holda
ham eksperimentlarni maqbul boshqarishdir.
Eksperimentni rejalashtirish, matematik statistikaning bir bo`limi sifatida 100
yillar oldin paydo bo`lsada, hozirda u keng va samarali amaliy qo`llanishga ega
bo`layotgan mustaqil fandir. Shunday qilib, eksperimentni rejalashtirish - bu
tajribalarni, qaysidir maqbul xossalarga asosan, qandaydir oldindan tuzilgan sxema
bo`yicha bajarishdir.
|