ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Mamlakatimizda ta‟lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar
doirasida
maktabgacha
ta‟limda
ham
me‟yoriy-huquqiy
bazani
tubdan
takomillashtirish, ilg„or xorijiy tajribalar, ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni
maktabgacha ta‟lim tashkilotlari faoliyatiga integratsiya qilish, maktabgacha yoshdagi
bolalarni erta rivojlantirish sohasidagi lmiy, innovatsion-pedagogik faoliyatni qo„llab-
quvvatlashga alohida e‟tibor qaratilmoqda. O„zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo„yicha Harakatlar strategiyasida “Maktabgacha ta‟lim tashkilotlari
tarmog„ini kengaytirish va ushbu tashkilotlarda bolalarning har tomonlama
SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SON
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.04.2023
379
intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash,
bolalarning maktabgacha ta‟lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish
imkoniyatlarini ta‟minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini
yuksaltirish” kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu esa, integratsion yondashuv asosida
maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik-
psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning ma‟naviy-
axloqiy tarbiyalashning integrativ modelini takomillashtirishni taqozo etadi. Ilk va
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo„yiladigan Davlat talablarining 2-bob 3-
bandida integratsiya tushunchasiga alohida to„xtalib, integratsiya – bola ta‟limi va
rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o„rtasidagi bog„liqlikni ta‟minlovchi jarayon
ekanligi ko„rsatib o„tilgan. “Integratsiya” so„zi lug„atlarda izohlanishicha, lotincha,
“integratio” so„zidan olingan bo„lib, qayta qurish, tiklash, to„ldirish (“integr” – to„liq,
butun, yaxlit degan ma‟noni anglatadi. Shuningdek, boshqa bir lug„atlarda
“integratsiya” – o„zaro bog„langan holda rivojlantirish, “integrirovat” – bir butun qilib
birlashtirmoq, yaxlit holga keltirmoq, deyilsa, sohaviy lug„atlarda “integratsiya” –
o„qitishning maqsad va omillarini bir butun qilib birlashtirish, deb izohlanadi.
Integratsion yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‟naviy-axloqiy
tarbiyasini tashkil etish aniq maqsadga qaratilgan yaxlit pedagogik jarayon bo„lib,
ushbu jarayonda quyidagi pedagogik vazifalar hal qilinadi:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ma‟naviy-axloqiy me‟yorlar hamda axloqiy
munosabatlar mohiyati va ularning ijtimoiy jamiyat hayotidagi ahamiyati to„g„risida
ma‟lumot beriladi.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ma‟naviy-axloqiy tushunchalarni egallashga
bo„lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, ma‟naviy-axloqiy ongni qaror toptirish.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijobiy mazmundagi ma‟naviy-axloqiy sifatlar
(vatanparvarlik, mehnatsevarlik, rostgo„ylik, qat‟iylik, mas‟uliyatlilik, ozodalik,
orastalik, o„zaro do„stlik, ahillik, shirinso„zlik, saxiylik, jasurlik, go„zallikni his qilish,
go„zallik yaratishga intilish va hokazolarni) qaror toptirish. 4. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda ma‟naviy-axloqiy mazmundagi xulq-atvor, xarakter va irodani shakllantirish.
5. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ma‟naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirish.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda integratsion yondashish asosida maktabgacha
yoshdagi bolalarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalash tizimiga xizmat qiluvchi ijobiy omillar
bilan birga undagi pedagogik muammolarni ham aniqlashga imkon beradi: –
maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida o„ziga xos integral pedagogik muhit yaratish
ehtiyoji va unga tashqi-ijtimoiy stixiyali ta‟siri; – tarbiyachilarni kasbiy kompetentligi,
kreativligi va kasbiy mahoratini oshirish tizimi oldida turuvchi vazifalar va ushbu
vazifalarni hal etish uchun ilmiy-uslubiy va didaktik ta‟minot darajasining yetarli
emasligi; – tarbiyachilarning “Ilk qadam” davlat o„quv dasturlari asosida bolalar
faoliyati va uning mazmunini integratsiyalash malakasiga ega emasliklari; –
maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalash tizimidagi integratsiya
|