Intellekt, intellektual mulk va intellektual faoliyat xaqida aso-fayllar.org
INTЕLLЕKTUAL MULK ОB`ЕKTLARINI MUХОFAZALASH SОHASIDA ХALQARО KООPЕRATSIYA. Bugungi kunda jahоndagi har bir mamlakat o`zi alоhida yashay оlmaydi. Xalqarо savdо, invеstitsiyalarning bir davlatdan ikkinchisiga o`tishi, qo`shma kоrхоnalarning faоliyat ko`rsatishi va hamkоrlikning bоshqa shakllari allaqachоn jahоn iqtisоdiyotining ajralmas оmili bo`lib qоldi.
Bundan tashqari yil sayin jahоnda iqtisоdiy intеgratsiya jarayonlarining kuchayib bоrishi kuzatilmоqda.
Raqоbat kurashi sharоitida faqat ishlab chiqarishning yaхshilangan usullarini qo`llanish yoki tехnik-iqtisоdiy va istе`mоl (shu jumladan tashqi ko`rinishi va savdо imiji) хususiyatlari yaхshilangan tоvarlarni yaratish yo`li bilan qo`shimcha fоyda оlish mumkin.
Intеllеktual mulkni muhоfazalash sоhasidagi хalqarо hamkоrlikning maqsadi turli davlatlar ichki qоnunchiligining ayrim qоidalarini bir хillashtirish, intеllеktual mulk sоhasida хalqarо standartlar va mе`yorlar ishlab chiqish yo`li bilan turli mamlakatlarda intеllеktual mulk huquqlarini muhоfazalashni yеngillashtirish uchun shart-sharоitlar yaratishdan ibоrat.
Хalqarо munоsabatlarda huquqlarning asоsiy manbai хalqarо bitim, shartnоmalardir. Хalqarо shartnоma bu хalqarо huquq bilan tartibga sоlinadigan davlatlar o`rtasidagi kеlishuv bo`lib, unda o`zarо huquq va majburiyatlar bеlgilab bеriladi.
Intеllеktual mulk sоhasidagi asоsiy хalqarо bitimlar Butunjahоn intеllеktual mulk tashkilоti (BIMT) dоirasida birlashtiriladi. BIMT Stоkgоlmda 1967 yilda imzоlangan va 1970 yilda kuchga kiritilgan kоnvеntsiya bilan ta`sis etilgan. BIMT BMT ning 16 ta iхtisоslashgan muassasalaridan biridir. BIMT ning ma`muriy vazifalarini bajaradigan Kоtibiyati “BIMTning Хalqarо byurоsi” dеb ataladi.
Intellektual mulkni muhоfazalash bo`yicha Parij Kоnvеntsiyasi intеllеktual huquqlar sоhasidagi birinchi, eng umumiy хalqarо bitim bo`ladi. Parij Kоnvеntsiyasi 1883 yilda tuzilgan. Kоnvеntsiya hоzirgi vaqtda amal qilayotgan tahriri 1979 yilda Stоkgоlmda qabul qilingan bo`lib, 2000 yil 1 yanvardagi ma`lumоtlarga ko`ra 162 davlat, shu jumladan 1993 yil 18 avgustda Kоnvеntsiyaga a`zо bo`lgan O`zbеkistоn ham uning ishtirоkchilari hisоblanadi.
Xulosa shuki, intellektual mulk huquqlariga rioya qilmasdan turib XXI asrda ilmiy–texnikaning rivojlanishiga keng yo‘l ochilmaydi.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish;
intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasi holatini kompleks tahlil qilish, mazkur sohasini rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish;
intellektual mulk sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro-huquqiy hamkorlikni, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘zaro muhofaza qilish haqida xalqaro shartnomalarni tuzish orqali o‘rnatish va mustahkamlash;
intellektual mulk sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar va boshqa ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
jamiyatda intellektual mulkka nisbatan huquqiy madaniyatni oshirish va hurmat hissini shakllantirish.
10. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish sohasida:
intellektual mulk sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va takliflarini ishlab chiqadi hamda Adliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi reglamentlarida belgilangan muddatlarda keyinchalik kelishish (viza qo‘yilishi) uchun kiritadi;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, elektron hisoblash mashinalari (keyingi o‘rinlarda EHM deb ataladi), ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyasi uchun muhofaza hujjatlarini berish yuzasidan talabnomalarni ko‘rib chiqishga qabul qiladi;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazadi, talabnoma topshirilgan obyektlarning ustuvorligini belgilaydi, seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalarining rasmiy ekspertizasini o‘tkazadi;
ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni, EHM uchun dasturlarni, ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi, muhofaza hujjatlarini beradi, O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari Ro‘yxati va tegishli reyestrlarini yuritadi;
ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomlari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyalariga topshirilgan talabnomalarning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tekshirish natijalari bo‘yicha muhofaza hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
ko‘rsatilgan seleksiya yutuqlarining patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligini belgilash natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xulosalari asosida muhofaza hujjatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
muhofaza va boshqa zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilaydi;
depozitariyda saqlanayotgan intellektual mulk obyektlarining ochiqligi va ulardan erkin foydalanishni ta’minlovchi depozitariy funksiyasini bajaradi, shu jumladan depozitariyga zarur bo‘lgan nusxani depozitariy bilan shartnoma asosida olish uchun murojaat qilgan har qanday shaxsga imkoniyat yaratadi;
intellektual mulk obyektlaridan foydalanishga huquqlar berish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomalarini, shuningdek ularni to‘liq yoki qisman berish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazadi va tegishli reyestrlarni yuritadi;
intellektual mulkning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, ularning saqlanishi va foydalanilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi;
Davlat patent fondini jamlash ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi, undan iqtisodiyotning real sektoridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar tomonidan samarali foydalanish uchun uning saqlanishi va qulayligini ta’minlaydi;
Agentlikning byulletenlarini va boshqa rasmiy nashrlarini, shuningdek intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza va himoya qilish masalalari bo‘yicha boshqa ma’lumotlar va materiallarni chop etishni tashkil qiladi hamda amalga oshiradi;
patent vakillarini attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazadi, patent vakillarining davlat reyestrini yuritadi;
audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash va fonogrammalarni tayyorlashga litsenziyalar beradi, shuningdek litsenziatlar tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
2) intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasi holatini kompleks tahlil qilish, mazkur sohasini rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish sohasida:
intellektual mulk sohasining rivojlanish holatini, jumladan, ushbu sohadagi xalqaro reytinglar va indekslar metodologiyasi va mezonlarini hisobga olgan holda har tomonlama tahlil qiladi va baholaydi;
intellektual mulk obyektlarini ishonchli huquqiy himoyasi va muhofazasi ta’minlanishiga, shuningdek, ushbu sohani rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tizimli muammolar va kamchiliklarni tahlil qiladi hamda natijasi bo‘yicha ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
intellektual mulk sohasining kelgusidagi rivoji va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlariga takliflarni tayyorlaydi va kiritadi;
zamonaviy tendensiyalar hisobga olingan holda qonunchilikni izchil rivojlantirishga, intellektual mulk sohasida umume’tirof etilgan xalqaro standartlarni milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda kiritadi;
intellektual mulk obyektlarining ishonchli huquqiy muhofazasi va himoyasini ta’minlash sohasida O‘zbekiston Respublikasi qabul qilgan xalqaro majburiyatlar bajarilishining monitoringini o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro mavqeyini, jumladan, jahon hamjamiyatiga mamlakatda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida xolisona axborot yetkazish orqali mustahkamlash, obzorli, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni tayyorlash choralarini ko‘radi;
3) intellektual mulk sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida:
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning tatbiq etilishi amaliyotini o‘rganadi va tahlil qiladi;
huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili natijalari bo‘yicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi;
aniqlangan qonunbuzarliklar, ularning sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha umumlashtirilgan materiallarni davlat organlari va tashkilotlariga yuboradi;
intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni noto‘g‘ri va ziddiyatli qo‘llash amaliyotini, shuningdek, ushbu sohada huquqbuzarliklar sodir etilishiga yordam beradigan salbiy omillar, sabablar va sharoitlarni bartaraf etishga doir amaliy choralar ko‘radi;
normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari yuzasidan o‘z xulosasini shakllantiradi va yetkazadi;
qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi hamda intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishi holatini tahlil qiladi, uning asosida huquqni qo‘llash faoliyatini takomillashtirish choralarini ishlab chiqadi;
intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi, soliq va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;
mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun buzilishlari to‘g‘risida belgilangan tartibda xulosa beradi;
qonunchilikka muvofiq ravishda intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni himoya etish masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
4) intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro-huquqiy hamkorlikni o‘rnatish va mustahkamlash sohasida:
intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi sohasida xalqaro hamkorlik va o‘zaro aloqalarni amalga oshiradi;
xalqaro shartnomalarni tuzish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritadi, intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshirig‘iga ko‘ra ushbu shartnomalarni imzolaydi;
tegishli xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi va intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida belgilangan tartibda idoralararo shartnomalar tuzadi;
xorijiy patent idoralari, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan patent hujjatlari va patent-huquqiy adabiyotlarning xalqaro almashinuvini amalga oshiradi, intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida chet el tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanilishini tashkil qiladi;
belgilangan tartibda intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi va ushbu hamkorlik doirasida intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi masalalari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning ishida ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini o‘z vakolati doirasida ta’minlaydi;c
5) intellektual mulk sohasidagi ilmiy-tadqiqotlar va boshqa ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish, shuningdek, jamiyatda intellektual mulkka nisbatan huquqiy madaniyatni oshirish va hurmat hissini shakllantirish sohasida:
intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida manfaatdor shaxslarga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi masalalari bo‘yicha idoralararo axborot almashinuvini amalga oshiradi;
intellektual mulk sohasidagi faoliyatni rivojlantirish va takomillashtirish muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qiladi va ularda ishtirok etadi;
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi uchun intellektual mulk obyektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilishning maqsadi va ahamiyatini keng tushuntirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi;
intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro va milliy ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi hamda ularda ishtirok etadi
Insoniyat tafakkuri rivoji bilan yigirma birinchi asrga kelib ilm-fan va texnika taraqqiyoti yanada jadallashdi. Hayotimizga qanchadan-qancha so‘nggi rusumdagi texnikalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib keldi. Kompyuter, qo‘l telefoni, planshet vositalari yaqin ko‘makchimizga aylanib ulgurdi. Internet tarmog‘i qulayliklari shu qadar ko‘pki, ularni sanab adog‘iga yetolmaymiz. Bularning barchasi inson tafakkuri mevasi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, intellektual mulk har qanday jamiyat taraqqiyotida salmoqli o‘rinlardan birini egallaydi.
Inson tafakkurining mahsuli sifatida yaratilgan fan, adabiyot va san’at asarlari hamda sanoat namunalari har bir davlatda huquqiy himoyaga olingan. Bu toifadagi mahsulotlardan dunyo jamoatchiligi bahramand bo‘lishi uchun esa kelishuv va shartnomalar asosida boshqa davlatlarda ham foydalanishga yo‘l qo‘yilgan. Buning uchun ham milliy, ham xalqaro huquqiy asoslar va mexanizmlar yaratilgan.
Xalqaro konventsiya, bitim va shartnomalar tizimi samarali tashkil etilganligi sababli, jahon hamjamiyati intellektual mulk ob’ektlari va uning savdosidan katta miqdorda daromad olmoqda, demakki, g‘oyalar, ishlanmalar va shaxsiy huquqlar rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida kattagina ulushga ega bo‘lmoqda. Davlatlararo xalqaro hamkorlikni ta’minlash maqsadida esa xalqaro universal hukumatlararo tashkilotlar ham tuzilgan.
1967 yilda Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT)ni ta’sis etish to‘g‘risida konventsiya qabul qilingan va 1970 yil 26 apreldan boshlab konventsiya amal qila boshladi. Mazkur konventsiyada intellektual mulk ob’ektlari tasnifi berilishi bilan birga, xalqaro tashkilotni tuzish, uning rahbar organlari va faoliyatining huquqiy-tashkiliy asoslari, davlatlarning a’zoligi masalalari ham belgilangan. Xususan, Konventsiyada tashkilotning asosiy organlari – Bosh Assambleya, Konferentsiya, Muvofiqlashtiruvchi Qo‘mita, Xalqaro Byuro faoliyati va tashkiliy-huquqiy asoslari yoritib berilgan.