Intellekt, intellektual mulk va intellektual faoliyat xaqida asosiy tushunchalar


Intellektual mulkni muhofazalash sohasida O‘zbekiston qonunchilik hujjatlari tizimi



Yüklə 62,15 Kb.
səhifə4/8
tarix07.01.2024
ölçüsü62,15 Kb.
#207337
1   2   3   4   5   6   7   8
Intellekt, intellektual mulk va intellektual faoliyat xaqida aso-fayllar.org

Intellektual mulkni muhofazalash sohasida O‘zbekiston qonunchilik hujjatlari tizimi.

Tabiiyki, o‘z intellektual mulkiga huquqlar, agar ular amalga oshirilgan, ya’ni ishonchli muhofazalangan bo‘lsagina nimanidir bildirishi mumkin. Zero, hech kimning muayyan shaxsning intellektual mulkiga tajovuz qilish, uni noqonuniy olib qo‘yish yoki uning natijalaridan foydalanishga huquqi yo‘q. Bunda iqtisodiy rivojlanishdan manfaatdor davlatning asosiy vazifasi har bir kishining o‘z intellektual mulkiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi ishonchli muhofazalanadigan tizimni ta’minlashdan iborat.


Yana bir bor ta’kidlab o‘tish lozimki, intellektual mulkning o‘ziga xos xususiyati o‘z egalariga foyda keltirishdan iborat, demak, mulk egalarining o‘z mulkiga mutlaq huquqi muhofazalangan holdagina butun jamiyat foydasiga xizmat qila oladi.
Bir daqiqa bo‘lsagina intellektual mulk huquqlari muhofaza qilinmaganda nima bo‘lishini tasavvur qilib ko‘raylik. Bunda asarlarning yaratuvchilari nohalol raqobat kurashining qurbonlariga aylanishi, raqobatchilar o‘zgalarning G‘oyalari, texnik yechimlarini o‘zlashtirib, bozorga ularning tovarlariga o‘xshash, lekin narxlari ancha past tovarlarni chiqarishlari mumkin. Chunki ular tovar ishlab chiqarish uchun ilmiy tadqiqot, loyihalash ishlariga mablaQ sarflamaydi. Bunday vaziyatda yangi tovarlar, texnologiyalar yaratish, innovatsiya ishlarini amalga oshirish foydasiz bo‘lib, iqtisodiy jihatdan norentabel, umuman olganda zarar keltirishi ravshan. Bu insoniyatning industrial, texnik, madaniy rivojlanishi sekinlashishi, umuman to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin edi.
Intellektual faoliyat insoniyat jamiyati rivojlanishining asosiy sababidir. Lekin intellektual mulk huquqlariga rioya etish bilan masala oxirigacha hal bo‘lmaydi. Jahonda nohalol raqobat kurashi tobora avj olib borayotgani kuzatilmoqda. Umuman olganda intellektual mulk huquqlari faqat yetakchi industrial mamlakatlarda tan olingan va unga qat’iy rioya etiladi. Barcha mamlakatlarda tegishli huquqiy me’yorlarni joriy etish, ularga ogʻishmay rioya qilish va eng asosiysi insonlarda tegishli mentalitetni shakllantirish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirish zarur.
Har bir shaxs boshqalarning huquqlariga rioya etish oxir–oqibatda rivojlanishga va farovonlikka olib kelishi, huquqlarning buzilishi esa jamiyatga ham katta zarar yetkazishini tushunib yetsin.
Har bir davlat nohalol raqobat kurashining oldini olish uchun qanday mexanizmlarni ishga solishi kerak? Tarixdan ma’lumki, eng ishonchli mexanizm bu huquq bo‘lishi mumkin, zotan aynan huquqiy mexanizmlar intellektual mulkni muhofazalashga ishonchli va madaniy yondashuvni ta’minlaydi.
Biz bu yerda intellektual mulkning huquqiy ta’rifiga to‘xtalamiz.
Yana bir bor ta’kidlab o‘tish lozimki, intellektual mulkni muhofazalash birdan–bir maqsad emas. Intellektual mulk davlatning sanoati, savdo va madaniyatini rivojlantirish yo‘lidagi ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda intellektual mulk huquqlariga rioya etish, halol raqobatni ta’minlash bilan birga iqtisodiy rivojlanish bazisi bo‘lib xizmat qiladigan harakatlantiruvchi kuchdir. Intellektual mulk huquqlarining ishonchli muhofazalanishi huquqiy jamiyat rivojining darajasi, davlatning iqtisodiy rivojlanishi ko‘rsatkichidir. Faqat shunday huquqiy jamiyatdagina ijodkor kishilar, biznesmenlar, tovarlar ishlab chiqaruvchilar va boshqalar o‘z mehnatlari samarasini ko‘rgandagina uni davom ettirish uchun iqtisodiy rag‘batga ega bo‘ladilar. Lekin davlat tomonidan kafolatlanadigan ishonchli muhofaza bu masalaning bir tomoni, xolos. Uning muhim tarkibiy qismi muayyan kishilarning o‘z huquqlarini bilishi va bu huquqlardan amaliyotda foydalana olishidir.
Inson agar o‘z huquqlarini, ularni qanday qilib yuridik jihatdan rasmiylashtirish, muhofaza qilish va foydalanishni bilsagina (ya’ni tijorat foydasi olsagina) u intellektual mulk huquqlari tizimining foydali tomonlaridan haqiqatan ham foydalana oladi.
Mamlakatimizning asosiy qonuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir. Konstitutsiya O‘zbekiston qonunchiligini ishlab chiqishning asosiy qoidalarini belgilab beradi.
Bizning intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofazalash sohasidagi amaldagi qonunchiligimiz bevosita mulkka egalik va ilmiy–texnik ijodiyot erkinligi huquqlari aks etgan Konstitutsiyaning IX bo‘limi 36 – va 42–moddalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.
Konstitutsiya respublikamizning asosiy qomusi, “qonunlar uchun qonun” hisoblanadi. Shuning uchun u asosiy tamoyillarni ko‘rsatib bergan holda, intellektual mulk huquqlarini muhofazalash masalalari bo‘yicha muayyan qonuniy me’yorlarni belgilamasligi zarur. O‘zbekiston Respublikasi Kodekslari muayyan huquqiy mexanizmlarni belgilab beradi.
Intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, muhofazalash va foydalanish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar fuqarolik huquqi sohasi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi bilan tartibga solinadi. Intellektual faoliyat natijalariga mulkchilik huquqini amalga oshirish tartibini belgilovchi qonuniy baza Fuqarolik Kodeksining (1996 yil 29 avgustda tasdiqlangan) “Intellektual mulk” IV bo‘limida o‘z aksini topgan.
Respublikamiz fuqaro qonunchiligi hujjatlari “piramidasining” keyingi bosqichi bevosita amal qiladigan qonunlar bo‘lib, ular Fuqarolik kodeksining qoidalari asosida ayrim intellektual mulk ob’ektlari bo‘yicha muhofaza hujjatlari olish va foydalanishning muayyan tartibini belgilab beradi. Masalan, O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlarini muhofazalash bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi quyidagi qonunlar amal qiladi:
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan “Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonun;
1994 yil 6 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda, va 2002 y. 29 avgustda o‘zgartirilgan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi qonun;
1993 yil 7 mayda qabul qilingan va 1997 yil 26 dekabrda, 2001 y. 30 avgustda o‘zgartirilgan “Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risida”gi qonun. Yangi tahririda u “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovarlarning kelib chiqish nomlari to‘g‘risida”gi qonun deb nomlangan;
1994 yil 6 mayda qabul qilingan va 2002 y. 5 aprelda o‘zgartirilgan “EHM va ma’lumotlar bazalari uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash to‘g‘risida”gi qonun;
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan va 2002 y. 29 avgustda o‘zgartirilgan “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi qonun.
2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Integral mikrochizmalar topologiyasi huquqiy muhofazalash to‘g‘risida”gi qonun.
Intellektual mulk huquqlarini muhofazalash sohasidagi “qonunchilik piramidasi”ni vakolatli vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlari yakunlaydi. Odatda, aynan ana shu hujjatlar bilan intellektual mulk ob’ektlariga muhofaza olish bilan bog‘liq ayrim jarayonlar mexanizmi tartibga solinadi. Talabnomalarni tuzish va berish qoidalari, davlat ekspertizalarini o‘tkazish bo‘yicha turli yo‘riqnomalar bunday hujjatlarga misol bo‘la oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Kodekslari va Qonunlari Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadi va O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolanadi. Me’yoriy hujjatlar vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilinadi va albatta O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida tasdiqlanadi.
Qonunga muvofiq O‘zbekistonda intellektual mulk sohasida vakolatli quyidagi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatadi:
Mualliflik huquqlarini himoyalash sohasidagi masalalarni tartibga soluvchi Mualliflik huquqlari bo‘yicha agentlik.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi, uning vazifasi sanoat mulki ob’ektlarini muhofazalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat.

Yüklə 62,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin