Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika Universiteti Psixologiya fakulteti Oligofrenopedagogika yo’nalishi 570-23-guruhining 1-kurs talabasi Yo’ldosheva Mahliyo Baxodir qizining Umumiy fsixologiya fanidan tayyorlagan referati
INTELLEKT VA KREATIVLIK
Reja:
Intellekt va kreativlik haqida tushuncha.
Intellekt va kreativlikning o‘zaro aloqasi
Intellektni o‘lchashda zamonaviy testlar tarixi.
Intellektning shaklllanishida atrof- muhim va irsiyatning roli.
Intellektning rivojlanishidagi jinsiy farqlar.
Intellekt va kreativlik haqida tushuncha.
Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. V.SHterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular o‘z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini logityud metodi orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo‘lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam yutuqlarga erishishgan.
Intellektni go‘yo qolipga solingan, buyuk kashfiyotlarni yaratmaydigan moslashuvchi qobiliyat sifatida ko‘ramiz. Intellektga faqat qaytarish xosdir. Psixologlarning fikricha bu g‘oya noto‘ridir . Sababi evolyusion rivojlanish nazariyasida insoniyatning antropogenez rivojlanishning asosiy omilini intellektining rivojlanishidadir deb aytib o‘tilgan. Olovni o‘zlashtirish va qurollar yasash bunga misol bo‘la oladi.
Intellektni go‘yo qolipga solingan, buyuk kashfiyotlarni yaratmaydigan moslashuvchi qobiliyat sifatida ko‘ramiz. Intellektga faqat qaytarish xosdir. Psixologlarning fikricha bu g‘oya noto‘ridir . Sababi evolyusion rivojlanish nazariyasida insoniyatning antropogenez rivojlanishning asosiy omilini intellektining rivojlanishidadir deb aytib o‘tilgan. Olovni o‘zlashtirish va qurollar yasash bunga misol bo‘la oladi.
Intellektni kreativlikdan yiroq qilish, shaxsdagi yaratuvchanlik , originallik kabi sifatlarni kreativlikka moslab qo‘ymoqda . Kim birinchi bo‘lib buyuk kashfiyotni, o‘q-yoylarni yaratgan, kim olovni o‘zlashtirish mumkinligini o‘ylab topgan? Intellektmi? yoki Kreativlikmi? Agar kreativlik bo‘lsa, unda intellekt qaerga ketdi. Demak, bunday mulohazalar intellektni insoniyatning texnik va ilmiy muvaffaqiyatlarini yaratishdagi o‘rnini pasaytirmoqda.
Gardner o‘z tadqiqotini bosh miyasi ba’zi qismlari fiziologik jihatdan shikasitlangan sinaluvchilarda o‘tkazgan. Ular ko‘pincha intellekt testlaridan quyi ballarni egallashgan. Bu sindrom vakillarining ba’zilarida nutq rivojlanmagan. Lekin qo‘shib ayirishni xuddi elektron hisoblagichday tezda hisoblay olish qobiliyatiga ega bo‘lishgan. Ba’zilari, biror tarixiy kun bilan bog‘liq sanalarni yoddan bilishgan. Bunday sindrom egalari hattoki baddiy ijodda ham muvaffaqiyatlarga erisha olishgan.