Ta’rif. Sun’iy intellekt (SI) - bu dasturiy muhitning shunday tizimiki, unda
inson tafakkuri kompyuter jarayoniga imitatsiyalangan. Sun’iy intelekt atamasi
1956-yilda Stenford universiteti (AQSh) tomonidan taklif qilingan.
Intellekt - bu maqsadga erishishda zarur bo‘ladigan faktlar va usullar
to‘plamidan iborat. Maqsadga erishish - bu faktlarga zaruriy qoidalarni qo‘llashdan
iborat.
Misol .
Fakt 1. Yonayotgan plita - issiq.
Qoida 1. AGAR qo‘lni yonayotgan plitaga tekkizilsa, U HOLDA kuyish
mumkin.
Sun’iy intellekt tizimi rivojlanishining quyidagi bosqichlarini ko‘rib
chiqishimiz mumkin:
1.
XX asrning 70 yillari masalalarni yechish metodlarini izlash va ularni
universal dasturlarni qurishda foydalanish bilan xarakterlanadi.
2.
XX asrning 80 yillari axborotlarni tasavvur qilishning umumiy metodlarini
izlashga va ularni maxsus dasturlarga qo‘llash usullarini qidirish bilan
xarakterlanadi.
3.
XX asrning 90 yillari bir qancha fan soxalari bo‘yicha maxsus dasturlarni
yaratish uchun katta xajmli yuqori sifatli maxsus bilimlarni qo‘llanishi bilan
xarakterlanadi.
XX asrning 90-yillari boshlarida butunlay yangi kontseptsiya qabul qilindi.
Intellektual dasturni tuzish uchun, izlanish fan soxasining yuqori sifatli maxsus
bilimlari bilan ta’minlash kerak edi. Shuning uchun loyixalashtirilayotgan SI tizimi
yuqori bosqisdagi bilimlari bazasiga ega bo‘lishi kerak. Hozirgi vaqtda eng ko‘p
tarqalgan kontseptsiya bu ekspert tizimlarini
(ET) loyixalashtirishdir .
Ta’rif. Ma’lum fan soxasidagi sun’iy intelekt tizimi ekspert tizimi (ET) deb
ataladi.
ET - bu aniq fan soxasidagi mutaxassislarning bilimlarini to‘plovchi va kam
ixtisoslashgan foydalanuvchilarga maslaxat berish uchun empirik tajribasini
tirajlashtirvchi (nusxasini yozish) murakkab dasturlar kompleksi.
ET uchun bilimlarni qabul qilishda shu fan soxasidagi ekspertlar xizmat
qiladi.