20
1.
ETni qurishdagi eng murakkab masalalardan biri
bilimlar bazasi
tizimini
qurish va uni to‘ldirish hisoblanadi. Bu ikki bosqich o‘zaro yo‘nalishli (bir biriga
bog‘liq), ikkinchi bosqichdan birinchi bosqichga o‘tish mumkin,
shu bilan birga,
ekspertdan olingan bilim boshlangich BBga mos tushmasligi mumkin. U faqat
faktlar,
tavsiflangan muammolar maydoni, shuningdek, bu faktlarni o‘zaro
aloqasidan iborat. Bilimlar bazasi markazida qoidalar joylashadi.
Qoida berilgan aniq holatda nima natija kelib chiqishini
aniqlaydi va ikki
qismdan iborat bo‘ladi: bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin bo‘lgan shart va agar
shart bajarilganda kelib chiqadigan harakatdan iborat. Ekspert tizimida
foydalanilgan barcha qoidalar tizim qoidasini ifodalaydi, hatto oddiy tizimlar ham
bir necha ming qoidadan tashkil topishi mumkin. Bilimlarning barcha ko‘rinishi
predmet maydoni o‘ziga xosligiga bog‘liq
va shu yoki boshqa hollarda
loyihachining mahorati (bilimlar muhandisi) adekvatlik darajasi bir yoki bir necha
semantik modellar yordamida tasvirlash mumkin. Eng keng tarqalgan modellarga
mantiqiy, mahsuliy, freymli va semantik tarmoqlar kiradi.
2.
Mantiq chiqarish mashinasi.
Uning maqsadi - tashqi muhit ob'yektlaridan
olingan ma’lumotlar qayta ishlanishini muvofiqlashtirishdan iborat. Bu holda BB
chekli natijalar olish uchun ishlatiladi. Tashqi muhit ostida texnik tizim, ya’ni ET
hisoblagich yoki operatorlardan olayotgan ma’lumotlar tushuniladi.
Natijada
gipotezalar ilgari suriladi va tekshiriladi, yangi ma’lumotlar ishlab chiqariladi, yangi
ma’lumotlarni kiritish shakllantiriladi,
yechimlar shakllantiriladi, tavsiya qiluvchi
yoki boshqaruvchilik xususiyati shakllantiriladi.
3.
IIT
ETda foydalanuvchining mantiqiy harakatlarini
ifodalashga xizmat
qiladi, masalan, ET “shaffoflik”ini ta’minlash uchun. Bu blok, ayniqsa o‘qituvchi va
konsultatsiya beruvchi ETlarda ET foydalanuvchilarini o‘zlashtirish jarayonida
alohida ahamiyatga ega. IIT vaqtning ihtiyoriy momentida ta’minlaydi:
•
ayni vaqtdagi tizim holati haqidagi ma’lumotlarni to‘liq berish;
•
foydalanuvchi so‘rovi bilan oldin bajarilgan harakatlar
natijalarini xabar
qiladi.
4.
Dostları ilə paylaş: