18
Misol:
ob-havoni bashorat qilish - WILLARD tizimi;
kelajak hosilini baholash - PI.ANT;
iqtisodiyotda bashorat - YeSON va boshqalar.
Rejalashtirish.
Rejalshtirish deganda ma’lum funksiyalarni bajaruvchi
obe’ktga daxldor harakatlar rejasini topish tushuniladi. Bunday
ekspert tizimlarda
real ob’ekt larning hatti harakati modelidan foydalanilib,
rejalashtirilgan faoliyat
oqibatlarini natija sifatida ko’rsatadi.
Misol:
robot faoliyatini rejalashtirish - STRIPS,
ishlab chiqarish buyurtmalarini rejalashtirish - 1SIS,
tajribani rejalshtirish - MOLGEN va boshqalar.
O‘qitish.
O‘qitish tizimlari biror fandan o‘quv jarayoni davomida
xatoliklarni aniqlaydi va to‘g‘ri yechimlarni ko’rsatadi. Ular o‘quvchi
va uning
xatolari haqida bilimlar yig‘iladi, so’ng ish davomida o‘quvchilarning bilimini
diagnostika qilib, ularni yuqotish uchun zaruriy vositalarni taklif qiladi. Shuningdek
ular o‘quvchi bilan uning muvaffaqayatiga qarab muloqotini rejalashtiradi.
Misol:
dasturlash tili Lisp o’rgatish tizimi "Uchitel Lispa";
PROUST tizimi - Paskal tilini o’rgatish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: