23
Teskari aloqaning yo‘qligi (bilimlar muhandisi nofaolligi) bu metodlarni
samarasini kamaytiradi. Aktiv metodlarni ekspertlar soniga bog‘liq ravishda ikki
guruhga bo‘lish mumkin. Agar ularni soni bittadan ortiq bo‘lsa, har bir ekspertga
individual yondoshgan holda guruhli munozara metodlari qo‘llaniladi. Bu kabi
guruhli metodlar munozara ishtirokchilari faolligini oshiradi va ular bilimlarining
ochilmagan qirralarini kashf etishga yordam beradi. O‘z navbatida hozirgi kunda
individual metodlar yetakchi bo‘lib qolmoqda.
O‘yinli metodlar hozirda sotsiologiya, iqtisodiyot, menejment, pedagogika
sohalarida o‘qituvchilarni, rahbarlarni va boshqa hodimlarni tayyorlashda keng
qo‘llanilmoqda. O‘yin - inson o‘zini odatiy ish jarayonidan ko‘ra anchagina erkin
his qiladigan faoliyatning va ijodning asosiy shaklidir.
Dostları ilə paylaş: