Intellektual tizimlar



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/99
tarix16.05.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#114507
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99
Intellektual tizimlar

MisolFakt 1. Yonayotgan plita - issiq. 
Qoida 1. AGAR qo‘lni yonayotgan plitaga tekkizilsa, U HOLDA kuyish 
mumkin. 
Sun’iy intellekt tizimi rivojlanishining quyidagi bosqichlarini ko‘rib 
chiqishimiz mumkin: 
1. 
XX asrning 70 yillari masalalarni yechish metodlarini izlash va ularni 
universal dasturlarni qurishda foydalanish bilan xarakterlanadi. 
2. 
XX asrning 80 yillari axborotlarni tasavvur qilishning umumiy metodlarini 
izlashga va ularni maxsus dasturlarga qo‘llash usullarini qidirish bilan 
xarakterlanadi. 
3. 
XX asrning 90 yillari bir qancha fan soxalari bo‘yicha maxsus dasturlarni 
yaratish uchun katta xajmli yuqori sifatli maxsus bilimlarni qo‘llanishi bilan 
xarakterlanadi. 
XX asrning 90-yillari boshlarida butunlay yangi kontseptsiya qabul qilindi. 
Intellektual dasturni tuzish uchun, izlanish fan soxasining yuqori sifatli maxsus 
bilimlari bilan ta’minlash kerak edi. Shuning uchun loyixalashtirilayotgan SI tizimi 
yuqori bosqisdagi bilimlari bazasiga ega bo‘lishi kerak. Hozirgi vaqtda eng ko‘p 
tarqalgan kontseptsiya bu ekspert tizimlarini (ET) loyixalashtirishdir
Ta’rif. Ma’lum fan soxasidagi sun’iy intelekt tizimi ekspert tizimi (ET) deb 
ataladi. 
ET - bu aniq fan soxasidagi mutaxassislarning bilimlarini to‘plovchi va kam 
ixtisoslashgan foydalanuvchilarga maslaxat berish uchun empirik tajribasini 
tirajlashtirvchi (nusxasini yozish) murakkab dasturlar kompleksi. 
ET uchun bilimlarni qabul qilishda shu fan soxasidagi ekspertlar xizmat 
qiladi. 


14 
Ularning asosiy xususiyatlari: 
1. 
ET masalani yechish uchun yuqori sifatli tajriba va bilimni qabul qiladi; 
2. 
ETdagi bilimlar doim to‘planib va yangilanib boriladi
3. 
ET oldindan aytib berish qobilyatiga ega bo‘ladi. 
4. 
ET ishchilarga va mutaxassislarga o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanilishi 
mumkin. 
ETni loyixalashda va ishlab chiqish jarayonida quyidagi qatnashuvchilarni 
aytib o‘tish mumkin: 
1. 
ETni loyixalash instrumental muxitini ishlab chiquvchilar; 
2. 
ETni yaratishdagi instrumental muxit(IM); 
3. 
ETning o‘zi; 
4. 
Ekspert; 
5. 
Bilimlar injeneri va bilimlar bazasi(BB) administratori
6. 
Foydalanuvchi. 
Bilimlar injeneri - bu SI tizimini ishlab chiqishdagi ko‘nikmaga ega va ETni 
qanday tuzishni biladigan odam. U ekspertdan so‘raydi va BBdagi bilimlarni 
tashkillashtiradi. 
Instrumental muxitni loyixalashga ET dasturlash tili va qo‘llab quvvatlovchi 
muhit(u orqali foydalanuvchi ET bilan o‘zaro ta’sirlashadi)dan iborat. 
ET asosliligini qarab chiqamiz, inson tafakkurini va SI tizimini solishtirish. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin