15
5.
Keng qamrovli bilimdan
foydalanadi
Bu tizimlarni afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib, inson eskpert asosiy
afzalliklari, u ko‘p soxada, masalan, ijodkorlikda, topqirlikda,ma’lumot
uzatishda
va umuman mazmunan SIdan ustunlikka ega.
1.7. ET terminologiyasi.
ETda ishlatiladigan asosiy atamalarni ko‘rib chiqamiz:
Algoritm - bu optimal yechim olishni ta’minlaydigan formal protsedura.
Bilimlar bazasi - bu ETning soxa bilimidan iborat qismi.
Dispetcher - bu bilimlar bazasidan qachon va qay tartibda qoidalarni qabul qilishni
boshqarib turadigan mexanizm qismi.
Bilim - bu dasturda ishlatiladigan intellektual axborot.
Interpretator - bu soxa bilimini qaysi shaklda qabul qilishni boshqaradigan
mexanizm qismi.
Qaror mexanizmi - bu masalalarni yechish jarayonlarini umumiy sxemasini o‘zida
mujassamlashtirgan ETning qismi.
Ishonchlilik koyeffitsiyenti - bu berilgan faktlar va
qoidalarni aniq hisoblash
ehtimoli yoki ishonchlilik darajasi belgilaydigan son.
Dostları ilə paylaş: