Intellektual tizimlar


Bilimlarni shakllantirish



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/99
tarix16.05.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#114507
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99
Intellektual tizimlar

 
5.4. Bilimlarni shakllantirish 
Bilimlarni tashkillashtirish deyilganda bilimlarni strukturalash tushuniladi. 
Ular quyidagicha tashkillashitirilishi mumkin: 
1. 
bilimlarni ko‘rinishi va ma’lumot darajasiga ko‘ra tashkillashitirish; 
2. 
Tizimning ishchi xotirasida bilimlarni tashkillashitirish 
3. 
BBda bilimlarni tashkillashtirish 
Ko‘rinish bosqichi uch bosqichdan tashkil topishi mumkin: 
Nulinchi bosqich- muammoli soha haqidagi bilimlarni saqlaydi 
Birinchi bosqich metama’lumotlarni saqlaydi,
Ikkinchi bosqich- birinchi bosqichdagi bilimlar haqida ma’lumot saqlaydi. 
Bilimlarning ma’lumot berish darajasi ularni turli darajalarga ajratish 
imkonini beradi. Asosan ma’lumot darajasi buyicha 3 bosqichga ajratiladi: 
1. 
Umumiy tashkillashtirish darajasiga ko‘ra 
2. 
Bilimlarni mantiqiy tashkilashtirilishiga qarab 
3. 
Bilimlarni fizik tashkillashitirilishiga qarab 
Intellektual tizimlarning ishchi xotirasida aniq ma’lumotlar saqlanadi. Ishchi 
xotiradagi ma’lumotlar izolyasiyalangan (ishchi xotira ko‘plab kichik elementlar 
tuplasmidan iborat) va bog‘langan (ishchi xotira bir yoki undan ortiq murakkab 
elementlardan iborat) ko‘rinishda bulishi mumkin. Murakkab elementlardan tashkil 
topgan ishchi xotiralarda elementlar o‘rtasidagi bog‘lanish semantik munosabatlar 
ko‘rinishida tasvirlangan. BB shunday tashkillashtirilishi kerakki zarur vaqtda 


51 
bog‘langan bilimlarni tavsiflash yoki foydalanish mumkin bo‘lishi kerak. Shu 
sababli bilimlarni tashkillashtirishni uch xususiyatini belgilash kerak: 
1. 
bilimlarning bog‘liqligi 
2. 
bilimlarga egalik qilish mexanizmi 
3. 
moslashtirish usuli 
Bilimlarning bog‘liqligi yoki agregatsiyasi- bog‘liq bilimlarni qidirishni 
tezlashitiruvchi asosiy usul. Bilimlar eng asosiy ob’ekt lar yoki predmet soha 
mazmuniy asosida tashkillashitirilib, alohida bloklar ko‘rinishida tasvirlanadi va 
bog‘lanadi, shunda ob’ekt ning bilimi haqida qidiruvda ob’ekt ga mos blok ichida 
qidiruv amalga oshiriladi. Bloklardagi bog‘lanishlar tashqi va ichki buladi. Ichki 
bog‘lanishlar blok strukturasini tavsiflaydi, tashqi bog‘lanishlar ular urtasidagi 
bog‘liqliklarni kursatadi. 
Tashqi bog‘lanishlar mantiqiy va assosiativ turlarga ajratiladi. 
Mantiqiy bogliqlik bilimlar elementlari o‘rtasidagi semantik bog‘lanishlarni 
kursatadi. 
Katta BB ishlashda asosiy muammo bu bilimlarni qidirishdir. Bunda umumiy 
egalik qilish mexanizmi zarur. egalik qilish mexanizmi masalasi bu ob’ekt ning biror 
xususiyati orqali, ishchi xotiradagi BB ushbu xususiyatni qanoatlantiruvchi blokni 
topish. 
Bu jarayon ikki bosqichga ajratilishi mumkin: 
1. Assosiativ til yordamida BB mavjud nomzodlar yordamida kerakli ob’ekt larni 
tanlovi 
2. Mavjud nomzodlarning ob’ekt xususiyatlari bilan taqqoslash orqali natijaviy 
ob’ekt ni tanlash. 
Taqqoslash usuli tanlangan ob’ekt ni to‘grilash va tasdiqlashda foydalanilishi 
mumkin. Noma’lum ob’ekt ni tasdiqlash uchun ma’lum namunalar bilan 
taqqoslanishi mumkin. 
Taqqoslash amali quyidagi kurinishlarda bulishi mumkin: 
1. 
Sintaktik 
2. 
Parametrik 
3. 
Semantik 
4. 
Majburiy 


52 
1. Sintaktik taqqoslashda ob’ekt tarkibi emas,balki kurinishlari yoki 
namunalari taqqoslanadi 
2. Parametrik taqqoslashda taqqoslash darajasini belgilovchi parametr 
kiritiladi 
3. Semantik taqqoslashda ob’ekt kurinishi emas, balki tarkibi funksiyalari 
taqqoslanadi 
4. Majburiy taqqoslashda bir ob’ekt boshqa ob’ekt nuqtai nazaridan qaraladi. 
Boshqa taqqoslash usullariga qaraganda bu usulda har doim ijobiy natija olish 
mumkin. Bunda asosiy savol: majburlash kuchi qay darajada? Majburlash ob’ekt
tavsiflari bilan bog‘liq maxsus proseduralarni bajaradi. Agar ushbu proseduralar 
taqqoslashlarni amalga oshira olmasa tizim foydalanuvchiga qaralayotgan ob’ekt 
larning aniq xususiyatlari mos bulsa ijobiy natijaga erishish mumkinligi haqida 
habar beradi. 

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin