Intellektual tizimlar



Yüklə 1,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/99
tarix16.05.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#114507
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99
Intellektual tizimlar

Masalan: 
Qoida 1: Agar “bajarishga xarakat - dam” VA “yo‘l baland-past”, 
Unda “mashinadan foydalanilsin”. 
Qoida 2: AGAR “dam olish joyi - tog‘lar”,
Unda “yo‘l baland - past”. 


55 
Avval xulosalar mexanizmi qoidaning shartli qismi namunalarini ishchi xotira 
namunalari bilan taqqoslaydi. Agar ishchi xotirada barcha namunalar bor bo‘lsa, 
unda shartli qism “haqiqiy” hisoblanadi, boshqacha bo‘lsa “yolg‘on”. 
Ushbu misolda “yo‘l baland - past” birinchi qoidadan ishchi xotirada yo‘q. 
Shuning uchun birinchi qoidaning shartli qismi yolg‘on hisoblanadi. 2-qoidaga 
kelsak uning shartli qismi “haqiqiy” va “yo‘l baland-past” ishchi xotiraga kiritiladi.
Bu qoidalarni ikkinchi marta qo‘llashga harakat qilinganda, faqat 1-qoidani 
qo‘llash mumkinligi kelib chiqadi, chunki 2 qoida avval qo‘llangan va kandidatlar 
hisobidan chiqarib yuborilgan. Bu vaqtga kelib ishchi xotira 2-qoida natijasi bilan 
to‘ldirildi - “mashinadan foydalanilsin”. Natijada qoidalar boshqa qolmaydi va tizim 
to‘xtatiladi.
Keltirilgan misolda xulosaga erishish uchun ishchi xotiradan avvaldan 
yozilganlarni chiqarish, xotiraga joylashtirilgan qoidalarni qo‘llash va to‘ldirish 
bo‘yicha ish olib borildi. Bunday xulosalar to‘g‘ridan - to‘g‘ri (pryamie) deb ataladi. 
Tasdiqni talab etuvchi dalillarga asoslangan boshqa usulda tasdiqqa kerak 
bo‘luvchi qoidalarni qo‘llash mumkinligini tekshiriladi va u qaytma xulosa deb 
ataladi. Unda dalillar to‘ldirilmaydi. 
Ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ham qaytma xulosalar bo‘lganda signallar 
to‘htatiladi. Agar birlamchi maqsadga erishilsa yoki maqsadga erishish uchun 
qo‘llanadigan qoidalar tugasa signallar to‘htatiladi.
To‘g‘i xulosada 
• 
ma’lumotlar bazasidagi mavjud ma’lumotlarning bitta elementi tanlab olinadi 
va solishtiriladi. Solishtirish natijasida bu element qoidaning chap qismiga mos 
kelsa,
• 
U xolda qoidaga mos xulosa chiqariladi va ma’lumotlar bazasiga 
joylashtiriladi yoki qoidadan kelib chiqadigan xarakat amalga oshiriladi. Shu tariqa 
ma’lumotlar bazasini tashkil etuvchisi o‘zgartiiladi.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin