www.pedagoglar.uz 40-son 2–to’plam yanvar 2023
Sahifa: 364
texnologiyalar va interfaol usullar, ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni
tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o‘qituvchilar kerak. Buning uchun
barcha fan o‘qituvchilarini yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar
bilan qurollantirish va ular egallagan bilimlarni o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlarda
qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borishlari lozim. Mamlakatimizda biologik
ta'limning uzluksizligini ta'minlash va uni chuqur o‘zlashtirish uchun o‘qitish
jarayonida o‘qituvchi ayrim muammolarga duch kelishi muqarrar.
1. Barcha o‘quvchilarni dars jarayoniga to‘la jalb qilish muammosi, chunki
o‘quvchilar darsda to‘la qatnashishlari mumkin, ammo darsda barcha o‘quvchilar
tushuna olayotganligini hech kim to‘la kafolatlay olmaydi, mana shu joyda
o‘qituvchining darsda qanday pedagogik texnologiyalardan foydalanishi asosiy
ahamiyat kasb etadi.
2. Darsda o‘quvchi tushungandek bo‘lishi, o‘qituvchi savoliga javob
berishligi mumkin, lekin ayrim biologik jarayonlarni tushunib tasavvur qilish,
hayoti mobaynida duch kelganida bu bilimlardan qay darajada foydalana olish
malakalariga ega bo‘layotganligi o‘qituvchi uchun ham mavhum bo‘lib qoladi.
Bunday muammoni hal qilishda sinfdan tashqari ishlar, to‘garak mashg‘ulotlari
masala va misollar ishlashning ahamiyati katta hisoblanadi. Interfaol usullardan
dars jarayonida foydalanilganda barcha ishtirokchilar faollashuvi kuzatiladi. Bunda
o‘quvchilar o‘zaro fikr almashib, hamkorlikda ishlaydilar. Quyidagi jadvalda
interfaol usulni passiv va faol usullardan farq qiladigan xususiyatlari berilgan.
Passiv usul Faol usul Interfaol usul Subekt-obekt, ya'ni o‘qituvchi gapiradi
tushuntiradi, o‘quvchi tinglaydi, so‘rasa javob beradi Subekt- subekt O‘qituvchi
boshqaradi O‘qituvchi savol beradi, o‘quvchilar individual javob beradi. (Berilgan
ma'lumotlar bo‘yicha) Subekt- subekt munosabat. O‘qituvchi tashkil etadi,
Boshqaradi. Berilgan savol va topshiriqlar bo‘yicha o‘quvchilar birgalikda,
mustaqil ishlaydi, fikrlarini jamlaydi, bayon qiladi, himoya qiladi.
O‘zaro birgalikda ishlaydi. Qiziqishlari ortadi. Ta'lim jarayonida
qo‘llanilishiga ko‘ra, interfaol usullar bir qancha afzalliklargava kamchiliklarga