www.pedagoglar.uz 40-son 2–to’plam yanvar 2023
Sahifa: 363
darslari tabiat hodisalarini o‘rganadi. Tabiatning birgina ob'ekti xaqida bir butun
bilim hosil qilish uchun turli fanlar qatori biologiya, fizika, kimyo bilan xam
o‘zaro bog‘lab o‘tiladi. Hozirda tabiiy fanlarning rivojlanishi, fanlar o‘rtasida
differetsiatsiya va integratsiya jarayonlarining vujudga kelishi ob'ektiv qonuniyat
sifatida tabiiy fanlar bo‘lgan biologiya, kimyo, fizika fanlari o‘rtasida fanlararo
bog‘lanishni amalga oshirini talab etmoqda. Biologiya o‘quv fanini o‘qitishning
vazifalari - asosiy biologik tushunchalar, nazariyalar va qonuniyatlar bilan
tanishtirish, tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashishlarning vujudga
kelish mexanizmlari xaqida ma'lumotlar berish, organizmlarning individual va
tarixiy rivojlanishining hozirgi mazmunining ta'limi biologiya tanishtirish, asosiy
bosqichlarini asosiy bosqichlarini tanishtirish, biologiya ta'lim mazmunining
hozirgi ijtimoiy hayot va fan texnika yutuqlari bilan bog‘lanishini ta'minlash,
o‘quvchilar o‘zlari va o‘zgalarning salomatliklarini saqlashi, sog‘lom turmush
tarzigi rioya qilishga yo‘naltirish, tabiat va uning barcha boyliklariga oqilona
munosabatda bo‘lish fazilatlarini yosh avlod ongiga singdirish, biologik bilimlar
zaminida mahalliy o‘simlik va hayvon turlari, seleksiya yutuqlari, qadmda yashab
ijo qilgan buyuk allomalari va innavatsion yondashish faol va interfaol metodlarga
hamda fanlararo bog‘lanishlarga tayangan holda zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalardan keng foydalanish o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilganiga alohida
e'tibor qaratiladi. Ayniqsa, tabiiy fanlardagi uzviy bog‘liqlik masalasi o‘qituvining
oldiga juda katta mas'uliyat yuklaydi. Chunki biologiya fani o‘qituvchisi
o‘tayotgan mavzu kimyo bilan bog‘liq bo‘lsa, o‘qituvchidan kimyo faniga bog‘lab
tushintirishni talab etadi. Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy
sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan,
uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan
barkamol avlod bo‘lib etishi uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z
oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Shu maqsadda ta'limning samaradorligini
oshirish, shaxsning ta'lim markazida bo‘lishi va yoshlarning mustaqil bilim
olishlarini ta'minlash uchun ta'lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va
o‘z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari, zamonaviy pedagogik