O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI SIRTQI BO`LIM MAKTABGACHA TA`LIM YO’NALISHI 307-guruh talabasi ASHUROVA GULBAHOR MO`YDINJON QIZINING “TARBIYADA INTERFAOL USULLAR” MAVZUSIDAGI
ILMIY RAHBAR: MADAMINOVA X Qo’qon – 2022 MUNDARIJA KIRISH……......………………………………………………………3
I-BOB. INTERFAOL METODLAR TURLARI VA XILMA-XILLIGI..................................................................................................6
1.1. Interfaol metodlar o`zi nima va qanday holatlarda qo`llash ma`qul.......................................................................................………....6
1.2. Bola tarbiyasida interfaol metodlarning ahamiyati va uning psixikasiga ta`siri...........................................................…………….....14
2-BOB. INTERFAOL METODLARGA OID O`QUV DASTURLAR HAQIDA...............................................................................................22
2.1. “Ilk qadam” o`quv dasturini maktabgacha ta`limni shakllanishdagi o`rni .………………………………………………………...………....22
2.2. Maktabgacha ta`limda rivojlantirish markazlaridagi interfaol metodlar haqida……………………….………………..………………32
XULOSA VA TAVSIYALAR………………….…………………....39 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………….…………….…42
KIRISH Bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim ma’lum faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Katta odamlar boshqa odamlar uchun kerak bo‘ladigan ijtimoiy foydali narsalar ishlab chiqarish faoliyati bilan band bo‘lsalar, bolalar faoliyatining asosiy maqsadi bilib olish, o‘rganishda asoslanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyatlari – o‘yin, rasm chizish, plastilin yoki loydan biron narsa yasash, applikatsiya, qurish-yasash va shu kabilardan iborat bo‘lishi mumkin. Bolalar odatda 77ata kishilarning topshiriq va takliflari bilan ma’lum faoliyatga kirishadilar. Ayrim hollardagina bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda u yoki bu faoliyatni bajaradilar. Har ikki holatda ham bolalar faoliyati ma’lum natijaga ega bo‘ladi. Faoliyat mahsuloti bolalar faoliyatining natijasiga qarab o‘rganiladi. Ko‘pincha bolalar faoliyatining mahsuli ular chizgan rasmlarga, loy yoki plastilindan yasalgan narsalarga qarab o‘rganiladi. Bolalar psixologiyasiga ko’ra ularni maktabgacha ta’lim muassasasiga berish va mavjud qobiliyatiga qarab kelajakdagi sohasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun ayni shu sohada interfaol texnologiya va metodlar ta’lim tizimiga joriy etilmoqda.
Masalan, bir tomondan, uning o'z-o'zini anglashi, o'zini o'zi belgilashi, tanqidiy fikrlashi kuchaysa, ikkinchi tomondan, uning noaniqligi, keskinligi, tashvishi, tajovuzkorligi kuzatiladi. Ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy vaziyatning yuzaga kelgan beqarorligi, ko'plab axloqiy me'yorlarning obro'sizlanishi umumiy ma'naviy va jismoniy salomatlikka ta'sir qiluvchi, xususan, odamlarning passivligi va befarqligiga olib keladigan ommaviy psixologik stressni keltirib chiqaradi.
Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga, jahon mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog olimlarining asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalashning qonun, qoida va tamoyillariga asoslanib ish yuritishi darkor.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasining milliy asoslari: ta’lim tarbiyamasalalari, har bir millatning milliy merosiga, umumbashariy qadriyatlariga bog‘langan holda bog'cha yoshidan boshlab o‘zligini anglash, erkin fikrlash, g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga qaratiladi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasidagi matematika tasavvur eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‘rganadi. Shu sababdan kurs ishida nazariy va amaliy masalalarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratildi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantiirshga oid O‘zbekistonda barkamol avlod ma’naviyatini shakllantirish borasidagi islohotlar, maktab faoliyatini modernizatsiyalash, ya’ni ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirishga doir O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivolantirsh Konsepsiyasi, “O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablar”, DMTT Nizomlari hamda «Ilk qadam» davlat o’quv dasturi yaratilib, amaliyotda qo‘llanilayotganligi masalalariga e’tibor qaratildi.
Maktabgacha ta’limning mazmuni, ta’lim-tarbiyani tashkil qilish metodlari va boshqarish masalalariga bag'ishlangan.
Bizning oldimizda hozir bola - go'dak, maktabgacha yoshdagi bola, boshlang'ich maktab o'quvchisi, o'smir, o'rta maktab o'quvchisi ong, tafakkurning muhim asoslari va samarali mexanizmlarini saqlab qolgan holda, nafaqat "Bola" dan hayratlanarli darajada farq qiladi. Komenskiy va Pestalozsi, Ushinskiy va Pirogov, Piaget, Korchak va o'tmishning boshqa buyuk o'qituvchilari tomonidan tasvirlangan, lekin hatto XX asrning 90-yillari bolasidan sifat jihatidan farq qiladi. Olimlar ta'kidlaydilar: Bola boshqacha bo'lib qoldi! Biroq, ayni paytda, yigirma yil oldingi tengdoshingizdan yomonroqmi yoki yaxshiroqmi? Keling, buni tushunishga harakat qilaylik.
Kurs ishining obyekti: maktabgacha ta`limga oid barcha turdagi rivojlantirishga hissa qo`shadigan interfaol metodlar.