Interfaol ta’lim Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarining ilmiy-nazariy asosi



Yüklə 39,21 Kb.
səhifə5/6
tarix20.02.2023
ölçüsü39,21 Kb.
#85130
1   2   3   4   5   6
Tamoyillar:
u ko‘p marta takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat, qiyinchilikning yuqori darajasi, katta bloklarda o‘rganish, faoliyatning dinamik qolipi, xatti-harakatning tayanchi, muljaldagi asosini qo‘llash; u shaxsni ko‘zda tutish asosida yondashuv; u insonparvarlik; u zo‘rlab o‘qitmaslik; u o‘quv vaziyatlarining konfliktsizligi, har bir o‘quvchining muvaffaqiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yulga solish), o‘qsish, yutuqlarga istiqbolni ochish; u O‘qitish va tarbiyani bog‘lash. V.F. Shatalov metodining uziga xosligi: u materiallar katta hajmda kiritiladi; u materiallar bloklar bo‘yicha joylashtiriladi; u o‘quv materiail tayanch sxema — konspekt ko‘rinshida rasmishashtiriladi.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, tayanch konspekt ko’rgazmali sxemani tashkil etmoqda. V.F.Shatalov tayanch (tayanish) deganda bola harakatlarining taxminiy asosini, ichki fikrlash faoliyatining tashqi tashkil qilinish usulini tushunadi. Tayanch signal o’zaro uzviy bog’lovchi ramzlar (ishora, so’z, sxema, rasm va h.o) bo’lib, qandaydir ma’noli mohiyatni almashtiradi. Tayanch konspekt – o’quv materiallari o’zaro bog’langan usullarining butun qismlari sifatida faktlar, tushunchalar, g’oyalar tizimi o’rnida qullana oladigan qurgazmali konstruksiyalardan iborat qisqacha shartli konspekt ko’rinishidagi tayanch signallar sistemasidir. V.F.Shatalovning xizmatlari shundaki, u mashg’ulotlarda yetarli darajada va barchaning faolligini ta’minlovchi o’quv faoliyati tizimini ishlab chiqdi. V.F.Shatalov metodikasi 5 bosqichdan iborat bo’lib, ular bir qancha usul va metodik yechimlarni oz ichiga oladi:
1. Nazariyani sinfda o’rganish: taxtada oddiy tushuntirish (bo’r, kurgazmali qurol, TV bilan); buyalgan plakat - tayanch konspekt bo’yicha qayta tushuntirish; plakat bo’yicha qisqacha bayon qilish; o’quvchilarning o’z konspektlari ustida individual ishlashlari, konspekt bloklari bo’yicha keng mustahkamlash.
2. Uydagi mustakil ishlar: tayanch konspektk darslik ota-onalar yordami. o’quvchilarga uqtirish: konspektdan foydalangan holda o’qituvchining tushuntirganlarini esla, berilgan materialni kitobdan o’qi; o’qiganlaringni konspekt bilan qiyosla; konspekt yordamida darslik materiallarini so’zlab ber (kodlashtirishdekodlashtirish); konspektni so’zlab berish uchun tayanch sifatida yodda saqla; konspektni qayta ishlab chiqqish va namunaga qiyosla.
3. Birinchi takrorlash - konspektni uzlashtirishni har tomonlama keng nazorat qilish: barcha o’quvchilar konspektni xotirasida qayta ishlab chiqadilar, o’qituvchi ularni peshma-pesh tekshirib boradi; bir vaqtning o’zida "asta" va magnitafon orqali so’rab boradi; yozma ishdan so’ng og’zaki so’rash boshlanadi.
4. Tayanch konspektni og’zaki so’zlab olish – o’zlashtirishdagi tashqi nutq (og’zaki) faoliyatining eng muhim bosqichi, u turli savol-javoblar jarayonida yuz beradi.
5. Ikkinchi takrorlash-umumlashtirish va bir tizimga keltirish (tartibga tushirish): o’zaro nazorat darslari; oldindan sinov savollari ro’yxatini nashr qilish; tayyorlash; barcha turdagi nazoratlardan foydalanish (taxtada, astagina, yozma va b.); o’zaro so’rash va o’zaro yordam; o’yinli unsurlar (jamoalar bellashuvi, rebusni topishi va b.). Nazorat, baholash. V.F.Shatolov o’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini bosqichma-bosqich nazorat qilishning bosh muammosini hal qildi. Doimiy tashki nazoratni o’zini-o’zi nazorat qilish va o’zo’zini baholash bilan bog’lash, har birini bosqichma-bosqich nazorat qilish, kuchi yetadigan darajada talab qilish, doimo tuzatishning imkoniyati mavjudligi, natijalar oshkorligi, ikki bahoning yo’qligi, past bahodan qo’rqishning yo’qligi.

Yüklə 39,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin