Interfaol ta’lim Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarining ilmiy-nazariy asosi



Yüklə 39,21 Kb.
səhifə1/6
tarix20.02.2023
ölçüsü39,21 Kb.
#85130
  1   2   3   4   5   6

Ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalaridan foydalanish
Reja:

  1. Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayoni

  2. Interfaol ta’lim

  3. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarining ilmiy-nazariy asosi.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Rasulova Z.D. (2020). Pedagogical peculiarities of developing socioperceptive competence in learners. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 8:1, pp. 30-34.

  2. Расулова З.Д. (2020). Дидактические основы развития у будущих учителей креативного мышления. European science, vol. 51, no. 2-2, pp. 65-68. 3. Расулова З.Д. (2018). Значения обучающих технологий направленной личности на уроках трудового обучения. Ученые ХХI века, T. 47, № 12, С. 34-35.

4. Rasulova Z.D. (2020). Conditions and opportunities of organizing independent creative works of students of the direction Technology in Higher Education. International Journal of Scientific and Technology Research. 9:3, pp. 2552-2155.
5. Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. (2016). Формирование профессионал но педагогической компетентности будущих специалистов на основе информационных технологий. Молодой учёный, №8 (112), С. 977-978. 6. Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. (2016). Инновационная деятельность педагога в образовании. Молодой учёный, № 8 (112), С. 978-979.
7. Аноркулова Г.М., Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. (2015). Методологические основы системного подхода при подготовке учителей профессионального обучения. Молодой учёный, 93:13, С. 588-590.

Mazkur maqolada shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining mazmuni, undan foydalanib, texnologiya darsida o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ochib berilgan. Shaxsga yonaltirilgan ta’lim asosida o‘quvchilarning intellektual va emotsional-motivatsion rivojlanishi, bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, talim jarayoniga qadriyat sifatida yondashish munosabatini taminlash, faollikni oshirish, o‘z-o‘zini anglash va mustaqilligini shakllantirish kabi masalalar yoritilgan. Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda. O‘zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim deb nomlanadi. Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarini texnologiya fanida qo’llash juda samarali natija beradi. Shu boisdan texnologiya darslarida shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari - o‘quvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltiradi. Bu ta’lim o‘qitish muhitining o‘quvchi imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga ko‘ra ta’lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim hamda tarbiya jarayonini to‘laligicha o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini ta’minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning o‘ziga xos jihati ta’lim oluvchi shaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muhitni yaratishdan iboratdir. Texnologiya fani o‘quv jarayonlarida bu turdagi ta’lim o‘quvchilarda mustaqillik, ijodkorlik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta’limni tashkil etishda pedagoglardan har bir o‘quvchi imkon qadar individual yondashishni, uning shaxsini hurmat qilishni, unga ishonch bildirishni taqozo etiladi. Qolaversa, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘qitish jarayonining ishtirokchilari pedagog-o‘quvchi yoki o‘quvchi-o‘quvchi, o‘quvchilar guruhi, o‘quvchi - o‘quvchilar jamoasi tarzida o‘zaro hamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi. Shaxsga yonaltirilgan texnologiya asosida o‘quvchilarning intellektual va emotsional-motivatsion rivojlanishi, bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, talim jarayoniga qadriyat sifatida yondashish munosabatini taminlash, faollikni oshirish, oz-ozini anglash va mustaqilligini shakllantirish yotadi. O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim - o‘quvchi shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini qarab chiqamiz:
1. Har bir o‘quvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul qilish, unga ishonish.
2. Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o‘quvchi o‘zini shaxs deb sezsin, unga bo‘lgan e’tiborni tuysin.
3. Bolaga tazyiq o‘tkazmaslik hamda uning kamchiligini bo‘rttirmaslik; bilimlarni o‘zlashtirmasligi, o‘zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni bolaning shaxsiyatiga zarar yetkazmaydigan tarzda bartaraf etish;
4. Ta’limda muvaffaqiyat muhitini tashkil etish, bolaga o‘qishda muvaffaqiyat qozonishga yordam berish, uning o‘z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish. O‘quvchiga atrofdagilarning har biri o‘zi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish.
5. O‘quvchining hurmati va ishonchini qozonish, o‘ziga ham shaxs nuqtai nazaridan qarash. Kasb - hunar kollejining o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish faoliyatida bolalarning kognitiv (aqliy), kommunikativ (nutqmuloqotchanlik), ijitmoiy-hissiy va jismoniy rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta’minlash juda muhimdir.
Texnologiya fani o‘qituvchisi ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat’iy rioya etishi kerak.
- har bir o‘quvchinini alohida, o‘ziga xos shaxs sifatida ko‘ra olishi;
- o‘quvchini hurmat qilishi;
- o‘quvchilarda mehnatga bo‘lgan hurmat hissini uyg‘otishi;
- o‘quvchining ruhiy holatini to‘g‘ri baholay olishi;
- o‘quvchining mehnat munosabatlariga bo‘lgan xohish-istak, qiziqishlarini inobatga olishi;
- har bir o‘quvchiga nisbatan tolerant munosabatda bo‘lishi;
- o‘quvchining kuchi, imkoniyati va intilishlariga ishonch bildirishi;
- texnologiya fani asoslarini yetarlicha o‘zlashtira olishi uchun qulay ta’lim muhitini yaratishi;
- o‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlarda, mustaqil yoki kichik guruhlarda erkin ishlashlari uchun imkoniyat yaratish;
- o‘quvchilarni o‘z faoliyatlarini mustaqil nazorat qilish, faoliyati samaradorligini aniqlash, yutuqlarning omillari va yo‘l qo‘yilgan xatolarning oqibatlarini tahlil qilish o‘rgatish;
- ta’lim jarayonida hech bir o‘quvchiga tazyiq o‘tkazmaligi;
- alohida o‘quvchining kamchiliklarini bo‘rttirib ko‘rsatmasligi;
- bordiyu, o‘quvchi tomonidan bilimlarni o‘zlashtira olmaslik, ta’lim jarayonida o‘zini odobsiz tutish holati qayd etilsa, u holda qat’iy xulosa chiqarmasdan, buning sabablarini aniqlab aniqlangan sabablar asosida o‘quvchining sha’ni, g‘ururiga ziyon yetkazmagan holda u tomonidan bilimlarni o‘zlashtira olmaslik, o‘zini odobsiz tutish kabi holatlarni bartaraf etish;
- ta’lim jarayonida har bir o‘quvchi uchun “muvaffaqiyat muhitini yarata olish;
- har bir o‘quvchiga ta’lim olishda muvaffaqiyatga erisha olishiga yordam berish;
- o‘quvchining hunarlarni o‘rganish borasidagi qobiliyatini o‘stirish, shaxs sifatida rivojlanishiga yordam berish;
- o‘quvchining shaxsini emas, balki uning aniq xatti-harakatlarini baholashi;
- pedagog sifatida har bir o‘quvchining hurmati va ishonchini qozona olishi zarur.
O‘quvchilar shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘quv materialini o‘zlashtirishga ijodiy, tanqidiy yondoshishni, yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni asoslash, o‘z fikrini himoya qilish, muammoli vaziyatlarda samarali yechimni topish, bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Pedagog tomonidan mehnat ta’limi jarayonida innovatsion xarakterga ega turli faol metodlarning qo‘llanilishi, o‘quvchilarni rivojlantirish, qobiliyatlarini yanada o‘stirishga xizmat qiladi.

Yüklə 39,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin