O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH


O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‗RTA 
MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 
 
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT 
TEXNIKA UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
IQTISODIYOT NAZARIYASI 
Fanidan ma‘ruza, test, mashq, masalalar to‗plami 
 (barcha ta‘lim yo‗nalishlari uchun) 
1-qism
Toshkent – 2019 



Tuzuvchilar: Kariyeva L.S., To‗rabekova G.I. ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanidan 
ma‘ruza, test, mashq, masalalar to‗plami. 1 qism – Toshkent ToshDTU 2019. 
124b. 
To‗plam ―Sanoat iqtisodiyoti‖ kafedrasida ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fan dasturi 
asosida tuzilgan va universitet ilmiy-uslubiy kengashida tasdiqlangan. 
Ushbu to‗plam barcha ta‘lim
 
yo‗nalishida ta‘lim olayotgan talabalarning, 
iqtisodiy bilimlarini yuksaltirishga xizmat qiladi. Undagi ma‘ruza, test, savol, 
mashq va masalalar ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanining har bir mavzusi bo‗yicha 
tayyorlangan bo‗lib, talabalarni bilimlarini obyektiv baholashga yordam beradi.
Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy uslubiy kengashi tomonidan 
chop etishga ruxsat berilgan. 
Taqrizchilar:
Olimjonova Sh. - ToshDMU ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ kafedrasi dots. i.f.n. 
Tursunov A.M. - ToshDTU ―Sanoat iqtisodiyoti‖ kafedrasi dots. i.f.n. 
© Toshkent davlat texnika universiteti -2019 



KIRISH 
 
Talaba tinglagan ma‘ruzani o‗zlashtirishi uchun turli-tuman usul-
lardan foydalanishi zarur. Bir talabaga amaliy mashg‗ulotda faol 
qatnashishi uchun lug‗at daftar tutish tavsiya etilsa, ikkinchisiga o‗tilgan 
darsga taalluqli bo‗lgan savollar tuzishni tavsiya etish mumkin. Talaba 
o‗zining imkoniyatidan kelib chiqqan holda savolni o‗rtaga tashlaganda, 
guruhdagilar ichida qiziqish paydo bo‗ladi. Boshqa talaba jadval, grafik-
lar, raqamlar yordamida materiallarni yaxshi o‗zlashtiradi. Yana bir 
talabaga formulalarni, yana biriga masalalarni yyechish yoqadi. 
Malakali o‗qituvchi yil davomida dars olib borishi natijasida talaba-
larning turlicha uslublar yordamida o‗zlashtirish imkoniyatini anglay 
oladi. 
Bizningcha, guruhga bir xil uslubiy yo‗nalish bilan munosabatda 
bo‗lish amaliy mashg‗ulotini faol olib borishga to‗sqinlik qiladi va 
shaxsning o‗ziga xos xususiyatlarini namoyon etishga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ilm olayotgan talabalardan bugungi 
kunda faqatgina bilim talab qilinmaydi, balki ulardan tashabbuskorlik, 
ijodkorlik talab qilinadi. Bugungi talaba yoshlar ertaga yosh mutaxassis, 
indinga iqtisodning qaysidir bo‗g‗inida boshqaruvchi bo‗ladi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanini o‗qitishdan maqsad yuqoridagi talablarni 
qondirishdir. Shu maqsadda biz ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ fanini o‗zlash-
tirishni mustahkamlash niyatida talabalarning o‗z ustida mustaqil ishla-
shi uchun savollar, mashqlar, jadval va grafiklar, masalalardan iborat 
bo‗lgan uslubiy to‗plamni tayyorladik. Bu qo‗llanmani texnika oliy 
o‗quv yurtlarining iqtisodchi, muhandis talabalari uchun yordamchi 
material sifatida tavsiya etish mumkin. 




Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin