13
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o‗tgan
yo‗l va unda vujudga kelgan g‗oyalar, oqimlar juda murakkab,
ko‗pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shu bilan birga aytishimiz
kerakki, hech qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalari mutlaq va doimiy
haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi. Har bir maktab ma‘lum darajada
muammolarga bir tomonlama yondashganligini yoki bo‗lmasa ba‘zi bir
nazariy savollarni yoritishda anglashilmovchilikka yo‗l qo‗yganligi bilan
ajralib turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy guruh
manfaatlari nuqtayi nazaridan va o‗sha davr real holatidan kelib
chiqqanlar.
Shunday bo‗lsada, ular bir-birini to‗ldiradi, iqtisodiy
jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma‘lum
darajada umumlashtirib ifodalaydi. Demak, jamiyat alohida bir nazariya
asiri bo‗lib qolmasligi kerak, uning rivojlanishi umummilliy manfaatlar
bilan yo‗naltirilishi zarur.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashga oid masalaning
yechim juda murakkab bo‗lib, bu haqda o‗tmishda ham, hozir ham turli
olimlar har xil fikrlar bildirib kelmoqdalar.
Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti –
iqtisodiy
resurslar
cheklangan
sharoitda
jamiyatning
cheksiz
ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne‘matlarni (va xizmatlarni)
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish jarayonida
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‗jalikni samarali
yuritish qonun-qoidalarini o‗rganishdan iborat, deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki
tomonlama, ya‘ni ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish
mumkin. Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot
nazariyasining to‗rtta asosiy vazifasi ajratib ko‗rsatiladi:
Dostları ilə paylaş: