O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

ishlab chiqarish 
jarayonidir
. Сhunki hamma tovar va xizmatlar xuddi shu bosqichda 
yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan 
va nihoyat, iste‘mol qilinadigan narsalar bo‗lmaydi. 
Ikkinchi muhim faza esa 
taqsimot jarayonidir
. Bu bosqichda, eng 
avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital va ishchi kuchi, tovar va 
xizmatlarning alohida turlari, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, 
hududlar va nihoyat, korxonalar o‗rtasida taqsimlanadi.
Ayirboshlash jarayoni
– takror ishlab chiqarishning muhim 
fazasidir. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o‗z tovarini sotib, o‗ziga 
kerakli bo‗lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi. Iqtisodiy aloqa 
– ayirboshlash, pul orqali oldi-sotdi jarayoni sodir bo‗ladi. 
Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi 
iste‘mol 
jarayonidir
. Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar turli kishilar, guruhlar 
tomonidan iste‘mol qilinib, ularning ehtiyojlarini qondiradilar. Iste‘mol 
ikki turda bo‗ladi: ishlab chiqarish iste‘moli va shaxsiy iste‘mol. Ishlab 
chiqarish iste‘molida ishlab chiqarish vositalari (kapital) va ishchi 
kuchidan foydalanilib, unumli iste‘mol qilinadi. Shaxsiy iste‘mol 
jarayonida esa iste‘mol buyumlari pirovard foydalanilib, ular yo‗qotiladi 
va o‗rniga yana yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo‗ladi. 
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi – ehtiyojlarning cheksizligi 
va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir. 
Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning 
rivojlanishi uchun kerak bo‗lgan hayotiy vositalarga bo‗lgan zarurati 
iqtisodiyot nazariyasi fanida
 ehtiyoj 
deb ataladi.
 
Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarni o‗z 
ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o‗zlariga foydali 
bo‗lgan moddiy ne‘matlarni xarid qilish va foydalanishga bo‗lgan 



zaruratdir. Ma‘naviy ehtiyojlar kishilarning bilim va dam olish, madaniy 
saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo‗lish, har xil xizmatlardan 
bahramand bo‗lish kabi moddiy ko‗rinishga ega bo‗lmagan ko‗plab 
hayotiy zaruratlarni o‗z ichiga oladi.
Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa 
ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi obeyktlar xususiyatiga bog‗liq. 
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta‘sir ko‗rsatadi: 
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
d) tabiiy-geografik sharoitlar;
e) tarixiy-milliy an‘analar va urf-odatlar;
f) aholi sonining o‗sishi, uning tarkibidagi o‗zgarishlar;
g) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‗rtasidagi aloqalar.
Ehtiyojlarning miqdoran o‗sib, sifat jihatidan takomillashib borishi 
ehtiyojlarning o‗sib borishi qonuni deyiladi.
Ehtiyojlarning o‗sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan 
chegaralanadi. Сhunki ehtiyojlar cheksiz o‗zgargani holda uni ta‘minlash 
uchun kerak bo‗ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo‗ladi. Iqtisodiy 
resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish jarayonlarida 
foydalanish mumkin bo‗lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui 
tushuniladi.
Iqtisodiy resurslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
1) tabiiy resurslar (yer, yer osti boyliklari, suv, o‗rmon va biologik 
resurslar);
2) ishchi kuchi resurslari (kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlari);
3) kapital (foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, stanoklar, 
mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor 
tovarlar, pul mablag‗lari va boshqalar); 
4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat 
ko‗rsatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).
Сheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning 
darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni 
qo‗yadi. 
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatishning optimal variantlarini 
(eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‗proq ishlab 
chiqarishga jalb qilish. 



2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali 
foydalanish. 
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi 
energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, 
foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish. 
Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy 
bilimlarga ega bo‗lishni taqozo qiladi. 
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko‗zga ko‗ringan olimlari 
Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuningdek qadimgi Misr, Xitoy, 
Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan 
edi. 
Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga yetib kelgan Qur‘oni 
Karimni, hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xaldun asarlarini

bobolarimiz 
Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher 
Navoiy, Mirzo Ulug‗bek asarlarini o‗qir ekanmiz, ularda insonning 
yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy mehnat qilish 
kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo‗lamiz. 
Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-
1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. 
Uning 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») 
asarida dunyoda birinchi bo‗lib, tovarning ikki xil xususiyatini – 
iste‘mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab 
mehnatni, zaruriy va qo‗shimcha mehnat hamda zaruriy va qo‗shimcha 
mahsulot tushunchalarini ajrata bildi.
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‗oyalari 1482 yilda 
yozilgan «Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» 
asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bo‗lib, birinchi 
qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o‗zining va oilasining 
ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun 
sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning 
roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e‘tibor 
beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, to‗plash va 
foydalanish zarurligini ta‘kidlaydi.
1
Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan O‗rta 
Osiyoning ko‗pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o‗rganish asosida uning 
1
А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002., 89-90-бет. 



ko‗pgina qonun-qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo‗lsalar 
ham, hali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi.
Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko‗pgina mamlakatlarda 
milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda 
«siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod grekcha so‗zdan olingan bo‗lib «politikos» - ijtimoiy, 
«oykos» - uy, uy xo‗jaligi, «nomos» - qonun degani. Yani uy yoki 
ijtimoiy xo‗jalik qonunlari ma‘nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, 
ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 
yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni 
mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. 
Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod 
keng ma‘noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va 
ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to‗g‗risidagi fandir, deb yozgan 
edilar.
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha 
g‗oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining 
manbai nima, u qayerda va qanday qilib ko‗payadi, degan savollarga 
javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin