Interfaol ta’lim Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarining ilmiy-nazariy asosi



Yüklə 39,21 Kb.
səhifə2/6
tarix20.02.2023
ölçüsü39,21 Kb.
#85130
1   2   3   4   5   6
Xususan: texnologiya darslarida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda pedagoglar o‘quv axborotlarining o‘quvchilar bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalariga tayangan holda ularni qiziqtira oladigan, fikrlashga, ijodiy yondashishga undaydigan imkoniyatga ega bo‘lishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Texnologiya darslari jarayonida pedagoglar tomonidan:
- muammoli izlanish;
- kichik tadqiqotlarni olib borish;
- debat;
- bahs-munozara;
- evristik suhbat;
- kichik guruhlarda ishlash va b.
- turli shakl, metod, vosita va texnologiyalardan samarali, maqsadli foydalanish;
- amaliy topshiriqlarini bajarishda o‘quvchilarga usullarni mustaqil tanlash imkonini berish;
- o‘quvchini juftlikda, kichik guruhda va jamoada ishlashini ta’minlash;
- mashg‘ulotlarning loyihalashtirilishiga e’tiborning qaratilishi nafaqat o‘qitish sifatini yaxshilaydi, samaradorligini oshiradi, shu bilan birga o‘quvchilar shaxsning rivojlanishi uchun qulay sharoitni vujudga keltiradi.
Ayni vaqtda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning quyidagi turlari farqlanmoqda. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning asosiy turlari:
✓ ijodiy topshiriqlar;
✓ kreativ yondashishni taqozo etuvchi vazifalar;
✓ muammoli vaziyatlar;
✓ rolli va ishbilarmonlik o‘yinlari;
✓ bahs-munozara, debat;
✓ musobaqa ko‘rinishidagi bellashuvlar.
Bundan tashqari shaxsga yo‘naltirilgan talimning quyidagi asosiy turlari mavjud:
Innovatsion ta’lim.
hamkorlik ta’limi,
interfaol ta’lim,
masofaviy ta’lim,
muammoli ta’lim,
loyiha ta’limi,
kompyuterli ta’lim,
rivojlantiruvchi ta’lim,
tabaqalashtirilgan ta’lim,
modul ta’limi,
individual ta’lim,
mustaqil ta’lim,
dasturiy ta’lim,
o‘yin texnologiyalari
Yuqorida keltirilgan shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlarining barcha turlarini mehnat ta’limi darslarida ham to’gri qo’llay olsak, dars muvaffaqqiyatli va ijobiy samara beradi. Ayniqsa mehnat ta’limida interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish samaralidir. Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlaridan “interfaol talim metodlari”ni misol qilib olsak, hozirgi zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li bu mashg‘ulotlarni interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda.
Xo‘sh, interfaol metodlarning o‘zi nima? Ular qanday didaktik imkoniyatlarga ega? Ta’lim jarayonida interfaol metodlarning o‘rinli, maqsadga muvofiq qo‘llanilishi qanday samaralarni kafolatlaydi? Quyidagi anna shu kabi savollarga qisqacha javob berib o‘tamiz.

Yüklə 39,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin