11
International Journal of Intellectual and Cultural Heritage
Volume: 2 Issue: 02 | 2022
ISSN: P – 2181-2306, E – 2181-2314
http://ihm.iscience.uz/index.php/ijich
Abdullayeva Zebiniso Ismatilla qizi
TDIU magistri
OʻZBEKISTONDA AUDIT ISHI SIFATI NAZORATINI TASHKIL
QILISHNING OBYEKTIV ZARURATI
Audit sifatini rivojlantirishning dolzarb muammolari auditorlik faoliyatini
tartibga solishning
asosiy elementlari va auditorlik xizmati sifatini taʼminlashning nazariy hamda uslubiy asoslari, auditorlik
faoliyatini tashkil etish darajasini aks ettiruvchi audit standartlari asosida hal qilinishi kerak.
Auditorlik xizmatlarining sifatini taʼminlash uchun auditorlik faoliyatini tashkil etish va tartibga
solishda samaradorlikni oshiruvchi mexanizmlarini ishlab chiqish zarur.
Ushbu mexanizmlar har bir
auditorlik tashkilotlarida oʻrnatilishi kerak. Oʻzbekistonda auditorlik faoliyatining ishi sifatini
yaxshilashning obyektiv zaruriyati
faqat nazariy jihatdan emas, balki uning amaliy yoʻnalishga ega
ekanligi bilan izohlanadi. Auditorlik tekshiruvlari ish sifatini yaxshilash boʻyicha nazariy, uslubiy va
tashkiliy qoidalarni ishlab chiqish bilan bir qatorda, amaliy tavsiyalar va xulosalar ishlab chiqilishi hamda
Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini isloh qilish va amalga oshirishga hissa qoʻshishimiz
darkor. Mahalliy va chet el iqtisodiy adabiyotlaridan sifat oʻzi nima, auditorlik
tashkilotlari ishi sifati,
auditorlik tekshiruvlari sifati va auditor ishi sifati boʻyicha ilmiy maʼlumotlardan foydalangan holda, bu
masalaga shaxsiy yondashuvni aks ettirdik.
Auditorlik faoliyatida sifat tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Sifat masalasida koʻpgina
tadqiqotlar
olib borilgan, shuningdek sifatni taʼminlash va nazorat qilish boʻyicha xalqaro standartlarda
talablar belgilab berilgan. Auditorlik faoliyatida sifat nazoratini taʼminlash boʻyicha turli xil yondashuvlar
mavjud boʻlib, ularning barchasida sifatni taʼminlashdagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha muayayn
qarashlar ilgari surilgan.
Oʻzbekiston Respublikasida audit sifatini nazorat qilish borasida
yetarlicha tadqiqotlar olib
borilmagan. Audit sifatini nazorat qilish 2021-yil 25-fevralda qabul qilingan OʻRQ-677-son “Auditorlik
faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida oʻz aksini topdi. Biroq sifat nazoratining
texnik, tashkiliy va uslubiy masalalari hali oʻzining yechimini topmagan. Audit
ishi sifati nazoratini
oʻtkazish boʻyicha muayayn Nizom ishlab chiqilmagan. Bundan tashqari sifat nazoratini taʼminlashda
auditning xalqaro standartlari va auditorlik tashkilotlarining ichki standartlaridan qay darajada foydalanish
kerakligi ham ochiq qolmoqda.
Hammamizga malumki, respublikamizdagi majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtadigan yirik
korxonalarning koʻpchiligi mamlakatimizning markazidagi auditorlik tashkilotlariga murojaat qilishadi.
Bu korxonalar tomonidan ortiqcha mablagʻlarning sarflanishiga sabab boʻlmoqda.
Birinchidan, biz
ortiqcha mablagʻlarning sarflanishini oldini olamiz,
ikkinchidan, biz auditorlik tashkilotlari oʻrtasida
raqobatni kuchaytirishga erishamiz, bu bilan korxonalar ham mablagʻ tomonlama, ham sifat tomonlama
manfaat koʻra oladi. Audit sifatiga taʼsir etuvchi omillar 3 ta guruhga ajratiladi (1-rasm).