International Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 2 Issue: 02


International Journal of Intellectual and Cultural Heritage



Yüklə 130,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix18.05.2023
ölçüsü130,85 Kb.
#116245
1   2   3   4
11-14-compressed

International Journal of Intellectual and Cultural Heritage 
Volume: 2 Issue: 02 | 2022 
ISSN: P – 2181-2306, E – 2181-2314 
http://ihm.iscience.uz/index.php/ijich
1-rasm. Audit sifatiga taʼsir etuvchi omillar.
1
 
1.3-rasmdan koʻrinib turibdiki, audit sifatiga auditorlik tashkiloti, auditorlik tekshiruvi va auditor 
taʼsir koʻrsatadi. Shu oʻrinda, avvalo, sifat kategoriyasining mohiyatiga toʻxtalib oʻtish zarur. 
Sifat – bu predmetning muhim aniqligini ifodalovchi falsafiy kategoriya hisoblanadi. Falsafiy 
fikrlash tarixi davomida sifat kategoriyasi mazmuni koʻp marta oʻzgargan.
Sifat kategoriyasini birinchilardan boʻlib talqin qilgan faylasuflardan biri bu Aristoteldir. Aristotel 
oʻzining “Metafizika” asarida
2
: “Har qanday narsaning sifati uning mohiyati bilan bogʻliq” deb 
taʼkidlagan. Oʻrta asrlarda narsalarning yashirin sifatlari qilib ularning abadiy va oʻzgarmas shakllari 
tushunilgan. 
Yangi davr faylasuflari sifat kategoriyasini qisman xususiyatlar kategoriyasi bilan bogʻlaydi. Dj. 
Lokk, xususan, sifatni “ongimizda gʻoyani uygʻotadigan kuch. Masalan, qor toʻpi bizda oq, sovuq va 
yumaloq gʻoyalarni yaratishga qodir. Shuning uchun bizda bu gʻoyalarni keltirib chiqaradigan kuchlar, 
ular qor toʻpida boʻlganlari uchun men ularni xususiyatlar, deb atayman
3
” . 
Gegel falsafasida “Sifat” kategoriyasi ikki tomonlama talqin qilinadi. Gnoseologik maʼnoda sifat 
narsalar haqidagi bilimlarning boshlangʻich bosqichi sifatida belgilanadi. Gegelning fikriga koʻra 
ontologik maʼnoda “Sifat” har qanday narsa uning sifati bilan shu narsaligini koʻrsatadi, agar u oʻz sifatini 
yoʻqotsa, u narsa boʻlishidan toʻxtaydi. Gegel falsafasidan keyin sifat tushunchasi marksistik falsafasiga 
kirib keldi va sovet faylasuflari tomonidan ishlab chiqilgan miqdor oʻzgarishlaridan sifat oʻzgarishlari 
oʻtish qonuni bilan bogʻlandi
4

F. Krosbining fikriga koʻra “sifat — bu talablarga muvofiqlik deb hisoblanadi. Bu biznes uchun 
1
Muallif tomonidan ishlab chiqilgan 
2
Aristotel Metafizika. Perevod s grecheskogo P. D. Pervova i V. V. Rozanova. M.: Institut filosofii, teologii i istorii sv. Fomы, 
2006. — 232 s. 
3
Lokk Dj. Opыt o chelovecheskom razumenii. Kniga chetvertaya // Lokk Dj. Sochineniya v 3-x tomax. T. 2. — M.: 
Mыsl, 1985. S. 183 
4
Gegel G.V.F. Ensiklopediya filosofskix nauk. M., 1974, t. 1, s. 228 


13

Yüklə 130,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin