International school of finance technology and science



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə2/12
tarix28.11.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#168238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-mavzu

Ijtimoiy tarbiya-

  • Forobiy ijtimoiy-siyosiy hayotga doir quyidagi fikrlarni yozgan:
  • Ijtimoiy tarbiya-
  • Markaziy Osiyo mutaffakirlari ta’limoti
  • Forobiyning fikricha, davlat-ijtimoiy tizimni boshqaruvchi tashkilot, uni muvaffaqiyatli boshqarish esa ko‘p jihatdan davlat boshlig‘i, hokimning fazilatlariga bog‘liq. «Fozillar shahrining birinchi boshlig‘i-shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo‘lib, u tabiatan 12 hislat, fazilatni o‘zida birlashtirgan bo‘lishi zarur», deydi, Forobiy. U o‘z zamonasining qomusiy olimlaridan biri bo‘lib, ilk bor to‘liq ilmlar tasnifini yaratdi. Uning «Kitob fi ixso al-ulum va at-Ta‘rif» («Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi») yoki qisqacha nomi «Ixso al-ulum» («Ilmlar tasnifi») asarida ilmlar quyidagicha tasnif qilingan: 1. Til haqidagi, 2. Mantiq. 3. Riyoziyot, 4. Tabiiy va diniy ilmlar yoki metafizika, 5.Shaharlarni boshqarish ilmi, fikh va kalom ilmlari va h., Forobiy Arastudan keyin «Ikkinchi muallim» unvoniga sazovor bo‘lgan buyuk mutafakkirdir.
  • Markaziy Osiyo mutaffakirlari ta’limotlari
  • Abu Rayhon Beruniy (973-1048). Beruniy Markaziy Osiyodagina emas, balki umuman Sharqda, jahon fani va madaniyati tarixiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlardan hisoblanadi. U o‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Minerologiya», «Hindiston» kabi asarlarida ijtimoiy hayot masalalarini yoritgan. «Minerologiya» asarining muqaddimasida inson va uning ijtimoiy ahvoli, erdagi burchi, olijanobligi, jamiyat hayoti, ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi qimmatli fikrlarni bayon etgan. Beruniy tom ma’noda o‘z davri etnosotsiologi ham edi. «Qadimgi xalqlardan qolgan yolgorliklar» asarida turli xalqlar: forslar, yunonlar, yahudiylar, xristian-molikiylar va xristian-nasturiylar, majusiylar, sobitlar, budparast arablar, musulmon arablar, turklar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan. «Hindiston» kitobida esa hind jamiyatining ichki tuzilishi to‘g‘risida, bu xalqlarning urf-odatlari, yil, oy va tarixiy sanalari, oilaviy munosabatlar, marosimlar, nikoh masalalarini o‘rgangan.
  • Markaziy Osiyo mutaffakirlari ta’limotlari
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin