International school of finance technology and science



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə7/12
tarix28.11.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#168238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-mavzu

Ogyust Kont (1798-1857) - frantsuz faylasufi va sotsiologi. U Frantsiyaning Monpele shahrida 1798 yil 19 yanvarda tavallud topgan. Kont oilasi o‘rta hol sinfga mansub edi. Kont 1817 yil faylasuf, utopist Klod Anri Sen-Simonning sekretari bo‘lib ishlay boshlagan. Ba’zi ma’lumotlarda Sen-Simonning «tutingan o‘g‘li» deb ham yozishadi. O.Kontning falsafiy fikrlari shakllanishida Sen-Simonning roli katta. Aynan O.Kont fanga «Sotsiologiya» atamasini olib kirgan. Kont nuqtai nazariga ko‘ra, «Sotsiologiya» pozitiv mohiyatga ega fandir. «Pozitiv usul» ilmiy kuzatishlar, eksperiment va taqqoslash usuli yordamida to‘plangan empirik ma’lymotlapni nazariy tahlil qilishni ifodalaydi.
  • Sotsiologiya fanining asoschilari O.Kont, G,Spenser va E.Dyurkgeym
  • O. Kont tomonidan 1839 yilda «Pozitiv falsafa kursi» asarining uchinchi tomi nashr etilganligi natijasida birinchi marotaba u jamiyatni ilmiy asosda o‘rganish sifatida sotsiologiya atamasini qo‘lladi va bu «Sotsiologiya»ning shakllanish va rivojlanishiga olib keldi. Keyinchalik «Sotsiologiya» ijtimoiy munosabatlarni nazariy analiz qilishni sotsial faktlarni empirik tadqiq qilish bilan qo‘shib olib boruvchi mustaqil fanga aylandi. O.Kont «Sotsiologiya»ni 2 qismga ajratadi: 1) sotsial statika (turg‘unlik) va 2) sotsial dinamika (jo‘shqinlik). Sotsial statikada ijtimoiy tizimlarning shart-sharoiti va funktsional qonuniyatlari o‘rganilishini ko‘rsatadi. Unda ijtimoiy institutlar: oila, davlat, din kabilar tadqiq etiladi. Sotsial dinamikada esa O.Kont ijtimoiy taraqqiyotni nazarda tutib, jamiyatning ma’naviy va aqliy rivojiga insoniyat taraqqiyotining hal qiluvchi omili, deb qaraydi. Bu tamoyil hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
  • Sotsiologiya fanining asoschilari O.Kont, G,Spenser va E.Dyurkgeym
  • Birinchi - teologik bosqichda insonning g‘ayritabiiy tushunchasi diniy tasavvurlar asosiga qurilgan. Ikkinchi - metafizik bosqichda inson g‘ayritabiiy kuchdan voz kechib, mavhum mohiyat, sabab va boshqa falsafiy me’yorlar yordamida voqe‘likni tushuntirishga harakat qiladi. Ikkinchi bosqichning vazifasi - tanqidiy, avvalgi tasavvurlarni vayron etib, u uchinchi - pozitiv yoki ilmiy bosqichni tayyorlaydi. Bu bosqichda inson mavhumiy mohiyatni ifodalashdan voz kechib, ular ustidan kuzatish bilan kifoyalanadi. Bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tish hamma fanlarda bir vaqtlarda bo‘lmasada, izchillik bilan amalga oshiriladi. Bu jarayon «oddiydan murakkabga» (yuqoridan quyiga) tamoyili asosida yuzaga chiqariladi. rganilayotgan obyekt qanchalar oddiy bo‘lsa, u erda pozitiv bilimlar shuncha tez qaror topadi. Shuning uchun pozitiv bilimlar, avvalo «Matematika», «Fizika», «Astronomiya», «Ximiya»da, so‘ng esa «Biologiya» da tarqaladi. «Sotsiologiya» o‘z tadqiqotlarida pozitiv uslubga suyanadi.
  • Sotsiologiya fanining asoschilari O.Kont, G,Spenser va E.Dyurkgeym
  • Pozitiv uslub kuzatishlardan to‘plangan tajriba va tadqiqotlarni taqqoslash, ishonchli, tekshirilgan, e‘tirozf tug‘dirmaydigan empirik ma’lumotlar majmuini nazariy tahlil etishga suyangan. O.Kont tomonidan jamiyat haqidagi fanni shakllantirishda mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashning zarurligi haqidagi qonunning ochib berilishi ham fanda katta yutuqlarga sabab bo‘ldi. Bu omillar jamiyat tarixida juda katta ijobiy ahamiyatga ega. Shu tufayli sotsial va kasb-korlik guruhlari yuzaga keladi, jamiyatning xilma-xilligi o‘sadi va odamlarning moddiy farovonligi ko‘tariladi.
  • O.Kontning ko‘pgina g‘oyalari, avvalo, tabiat va jamiyat haqidagi fanlarning ijobiy ko‘rsatmalaridan «Sotsiologiya»da foydalanish, shuningdek, yaxlit sotsial organizm bo‘lgan jamiyat haqidagi tasavvurlarini qabul qilib, uni rivojlantirgan mutafakkirlardan biri Gerbert Spenserdir.
  • Sotsiologiya fanining asoschilari O.Kont, G,Spenser va E.Dyurkgeym
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin