MUHOKAMA VA NATIJALAR
B.Nazarov Oybekning ilmiy faoliyatini ikki guruhga bo‘lib o‘rganishni ma’qul
ko‘radi. Birinchi guruhga Oybek ijodining ilk davrlaridan tortib, “Qutlug‘ qon”
romani yaratilguncha bo‘lgan davr (1924-1938-yillar)ni oladi. Bu vaqt mobaynida
Oybekning ilk adabiy-tanqidiy qarshlari shakllangan bo‘lib, olim bu guruhning o‘zini
ham ikkiga ajratadi: 1924-1932-yillarda Oybekning ilk estetik va adabiy qarashlari
markscha-lenincha estetika ta’siriga tushmagan davr va 1932-1938-yillar, avvalgi
yillarga nisbatan markscha-lenincha estetika prinsplari biroz chuqurlashgan davr.
Buning sababi 1932-yil voqealari nafaqat Oybek ijodida tub burilish yasagan, balki
2
B.Nazarov. Hayotiylik
-
bezavol mezon. T., “Yosh gvardiya” nashriyoti, 1985. 45-bet.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI
ISSN (E) 2181-2993
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
312
www.birunijournal.uz
butun sovet ijodkorlari uchun ham keskin o‘zgarishlar olib kelgan edi. Shundan
so‘ng Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlari jadal sur’atda rivojlanib bordi va
sotsialistik realizmning yetuk na’munasi bo‘lmish “Qutlug’ qon” romani yaratildi.
B.Nazarov ikkinchi asosiy davrga ushbu roman yaratilgandan keyingi davr (1938-
1968), Oybekning so‘nggi asari “Navoiy va Guli” dostoni yaratilguncha bo‘lgan
davrni kiritadi. Bu davrlashtirish Oybek ijodiy faoliyatining kengroq o‘rganilishiga,
har bir davrga xos xususiyatlarni yetarlicha yoritib berishga dastak bo‘lib xizmat
qiladi. Oybekning badiiy-estetik, ilmiy-tanqidiy qarashlaridagi o‘sib boruvchi
farqlarni ko‘rsatadi.
Oybekshunos tadqiqotchilardan biri filologiya fanlari doktori A.Sabirdinov
Oybekning ilmiy faoliyatini uch turkumga ajratib o‘rganishni taklif etadi
3
. (Keyingi
o‘rinlarda ushbu tasniflash bo‘yicha ma’lumot beriladi.) Birinchi turkumga
Oybekning o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyondalari ijodini o‘rganishga
bag‘ishlangan maqolalarini kiritadi. Unda Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib,
Ahmad Yugnakiy, Rabg‘uziy, Xorazmiy, Durbek, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy,
Bobur, Muhammad Solih, Turdi, Mashrab, Munis, Nodira, Uvaysiy, Mahzuna,
Gulxaniy, Mahmur, Muqumiy, Furqat kabi ijodkorlar asarlari tahlilga tortilgan.
Ushbu maqolalar Oybekning yetuk ilmiy salohiyat egasi va mumtoz adabiyot
bilimdoni ekanligini ko‘rsatadi. Ikkinchi turkumda XX asr o‘zbek namoyondalari
ijodi haqidagi izlanishlar. Ularda Hamza, Fitrat, A.Qodiriy, G‘.G‘ulom, H.Olimjon,
A.Qahhor, M.Shayxzoda, S.Abdulla, K.Yashin, G‘aytariy, S.Ahmad, Shukrullo,
S.Zunnunova, H.Nazir, Shuhrat, H.Sharipov, E.Vohidov kabi ijodkorlar asarlari ilmiy
tahlilga tortilgan. Uchinchi turkumga esa jahon qardosh xalqlar va rus adabiyoti
namoyondalari haqidagi ilmiy tadqiqotlar kiritiladi. Ularda Fuzuliy, Jomiy, Prem
Chand, Shevchenko, A.Chexov, A.Tolstoy, M.Gorkiy, A.Serafimovich, N.Tixonov,
M.Tursunzoda, S.Ayniy, M.Avezov, B.Kerboboyev kabi adiblar ijodi o‘rganilgan.
Ushbu bo‘linish bo‘yicha A.Sabirdinov o‘z tahlilini bayon etadi. Oybek faoliyatidagi
keng ko‘lamlilik, har qanday yo‘nalishda yetakchilik, bilim va salohiyatga egalik
ushbu tasniflashda ham ko‘zga tashlanadi. Chunki Oybek nafaqat o‘z davri, balki
o‘tmish va kelajakdagi adabiyotshunoslikning dolzarb muammolariga javob izlagan
edi. Uning har bir maqolasi qalb ehtiyoji bilan adabiy-ma’daniy hayotning talabi
kesishgan nuqtada tug‘ilgandir deyish mumkin.
Oybekning tanqidchilikdagi ilk ko‘rinishi 1926-yilda yozgan “Adabiyot
qoidalari” nomli taqrizi bo‘ldi. Bu taqzir Fitratning shu nomdagi adabiyot
nazariyasiga oid kitobiga yozilgan edi. Unda Oybekning dastlabki adabiy-tanqidiy
qarashlari namoyon bo‘ladi, u asosiy e’tiborini adabiyotning ijtimoiyligiga qaratadi.
3
A.Sabirdinov. Ma’naviyat va ma’rifat chashmalari. T., “Akademnashr”, 2016. 100-bet.
|