INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022) 314
www.birunijournal.uz
maqolalarida chuqur tafakkur va asosli dalillarga tayanar edi. Uning adabiy-tanqidiy
qarashlari o‘zbek tanqidchiligi uchun samarali ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, “So‘nggi
yillarda o‘zbek poeziyasi”, “Tanqid sohasida savodsizlik va ur-yiqitchilikka qarshi
o‘t ochaylik” kabi maqolalari bilan 30-yillar adabiy tanqidi taraqqiyotiga ulkan hissa
qo‘shdi. Oybekning A.Qodiriy haqidagi monografiyasi zamonaviy adabiyot tarixini
yaratishdagi ilk qadamlardan bo‘ldi. “Abdulla Qodiriyning ijod yo‘li” (1936) nomli
kitobida mafkuraviy bosim ostida aytilgan ba’zi fikrlarini hisobga olmaganda,
A.Qodiriyning romannavislik mahoratiga va o‘zbek adabiyotiga ulkan baho berildi.
Ushbu tadqiqot ayni “Qutlug‘ qon” va “Navoiy” romanlariga tayyorgarlik ko‘rish
paytida maydonga keldi. Tadqiqotda Abdulla Qodiriy ijodining bir talay fazilatlari,
adib realizmining o‘ziga xos xususiyatlari katta bilimdonlik, nozik did bilan kashf
etilgan. Umarali Normatovning ta’kidlashicha Oybek ko‘p o‘rinlarda Qodiriy bilan
jiddiy bahs olib boradi. “Oybekning tanqidiy mulohazalariga sinchiklab qarasangiz,
ulardan kuzatilgan asosiy maqsad Qodiriy romanlarining kamchiliklarini “ochib
tashlash” emas, ko‘proq adibning o‘z ijodiy prinsplari, konsepsiyalarini belgilashga
intilishdan iborat ekanligini sezib turasiz; go‘yo yozuvchi Qodiriy romanlariga,
realizmiga xos bir qator xususiyatlarni tanqid qilish bilan o‘zining bo‘lg‘uvsi
romanlariga xos ijodiy prinsplarni bayon etadi…”
5
Chindan ham Oybekning
“Navoiy” va “Qutlug‘ qon” romanlarida Qodiriyga yaqinlikni sezish mumkin. Oybek
o‘zining ilmiy tadqiqotlarida tahlil bilan birga, yangi bilim, yangi xulosalarni egallab
borganki, ular kelgusi ishlarida bir tajriba sifatida xizmat qilgan.