International scientific journal of biruni



Yüklə 368,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix22.09.2023
ölçüsü368,99 Kb.
#146788
1   2   3   4   5   6   7
munaqqid-oybek-va-o-zbek-adabiy-tanqidchiligi

 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
311 
www.birunijournal.uz 
oshirildi. Ozod Sharafiddinovning “Iste’dod jilolari” (1976) kitobidan o‘rin olgan 
“So‘z san’atiga fidoyi sadoqat” nomli maqolasi Oybekning adabiy-tanqidiy 
qarashlarini o‘rganishdagi ilk qadamlardan bo‘ldi. Unda adibning Navoiy lirikasiga 
bag‘ishlangan maqolasi, “Alisher Navoiy” tadqiqoti, “A.Qodiriyning ijod yo’li” 
risolasi haqida so‘z yuritiladi. Olim o‘z ishida Oybekning mahoratli adabiyotshunos 
ekanligiga ahamiyat qaratadi, boy ilmiy-tanqidiy merosini tahlil etadi. U keyinchalik 
ham ko‘plab maqola va tadqiqotlarida Oybek ijodiga o‘zining munosabatini bildirib 
bordi. Yana bir adabiyotshunos olim, akademik Baxtiyor Nazarov nomzodlik 
dissertatsiyasini Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlarini o‘rganishga bag‘ishladi. 
Uning “Bu sehrli dunyo”(1980) nomli kitobi Oybek hayoti, ijod olamiga kirib kelishi 
va mahoratli yozuvchi bo‘lib yetishishi haqidagi voqealarni bayon qiladi. Shu bilan 
birga Oybekning adabiy-tanqidiy qarashlarini ham tahlilga tortadi. Olimning
“Hayotiylik 

bezavol mezon” (1985) kitobidan o‘rin olgan “Quyoshdek yashagan 
ichdagi sevgi…” nomli maqolasida Oybekning ijodiy va ilmiy faoliyati o‘rganiladi. 
Maqola nomini uning she’rlaridan biridagi dilbar misradan oladi. Sababi Oybekning 
adabiyotga, ijodga bo‘lgan mehri uning qalbida quyoshdek yashagan edi. Faqat 
Oybekgagina xos bo‘lgan uslub, mahorat munaqqid e’tiborini tortadi va o‘z fikrlarini 
adibning hatto ilmiy maqola yozishda ham badiiylik va ilmiylikni uyg‘unlashtira 
olgani bilan isbotlaydi. So‘ngra shunday xulosaga keladi: Ilmiy maqolani bu qadar 
badiiy chechaklar bilan bezash, yozilayotgan masalani, xodisotni suratlashtirish, 
jonlantirish, tanqidiy ishni ham imkonicha badiiy asar yanglig‘ o‘qimishli qilish, 
mantiqiy va obrazli fikrlash orasida hukm surmish sarhadlarni ajib bir ustalik bilan 
yoritib, yozayotgan maqolasi to‘qimasiga ifor tuyg‘ularini singdirib yuborish olim 
Oybek uslubiga xos bo‘lgan fazilatlardan biridir
2
. Munaqqid ta’kidlab o‘tganidek, 
Oybekning ilmiy ishlari va adabiy-tanqidiy maqolalari xuddi badiiy asardek ehtiyoj 
farzandlari, zarurat xosilasi sifatida maydonga keldi.

Yüklə 368,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin