“International Сonference on Learning and Teaching” 2022/1



Yüklə 194,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix24.08.2023
ölçüsü194,99 Kb.
#140413
1   2   3
120-122

“INTERNATIONAL С
ONFERENCE ON EDUCATIONAL INNOVATIONS AND APPLIED SCIENCES 2022/8

 
122 
sharhlash rasmiy sharhlash hisoblanadi. Professor Sh.Saydullayev fikricha
sharhlashning bunday turi yuridik ahamiyatga ega bo‘ladi va tegishli huquqiy oqibatlar 
keltirib chiqaradi. Mazkur sharhlash, o‘z navbatida, huquqni amalga oshiruvchilarni 
huquq normalarini bir xil ma’noda tushunish va aynan qo‘llashga yo‘naltiradi
11
.
Huquq normalarini rasmiy sharhlash o‘z navbatida normativ va kazual
sharhlashga bo‘linadi
12
. Normativ sharhlashda, uning natijalari huquqni qo‘llashda 
majburiy xarakterga ega hisoblanadi Normativ sharhlash yangi huquqiy normalarni 
vujudga keltirmaydi, balki harakatdagi huquqiy normalarning mazmunini tushuntiradi. 
Normativ sharhlash natijalari huquqni qo‘llash jarayonida umumiy qoida sifatida joriy 
etiladi,shu bilan birgalikda huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining keng doirasiga 
daxldor hisoblanadi.
Huquqiy normalarni sharhlash subyektga ko‘ra ikki turga: rasmiy va norasmiy
turlarga bo‘linadi. Yuqorida huquq normalarini rasmiy sharhlashni atroflicha tahlil 
qildik. Undan keyin norasmiy sharhlashga ham to‘xtalib o‘tish lozim. Norasmiy 
sharhlashda sharhlash jarayonida vakolatli davlat organlari emas, aksincha sharhlash 
maxsus vakolat berilmagan organlar yoki shaxslar tomonidan amalga oshiriladi
sharhlash jarayoni oqibati majburiy xarakterga ega emas. 
A.S.Pigolkin fikricha, Norasmiy sharhlash qonun ustuvorligi mazmunini ochib 
berish uchun rasmiy vakolatlariga ega bo‘lmagan subyektlar tomonidan beriladi: 
ommaviy tashkilotlar, ilmiy va o‘quv muassasalari, amaliyotchilar va boshqalar.
Uning muhim xususiyati shundaki, u qonuniy kuchga ega emas va hech qanday 
huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi
13
.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish joizki kelajakda yurtimizda huquq 
normalarini sharhlash faoliyatini yanada takomillashtirish lozim. Birinchidan
sharhlovchi subyektlarning huquq normalarini sharhlashda yuridik va lingvistik 
bilimlarning uyg‘unligini ta’minlash; ikkinchidan O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini takomillashtirish va OAV bilan hamkorligini 
kuchaytirish; uchinchidan huquq normalarini sharhlash faoliyati bo‘yicha yangi 
mexanizmlarni joriy etish va xorijiy tajribani o‘rganish maqsadga muvofiq. 
11
Saydullayev Sh. Huquqni sharhlash. . –T., : TDYU, 2019. 13-b 
12
Коркунов, Н.М. Общая теории права: Курс лекций / Н.М. Коркунов // М.: Российская политическая 
энциклопедия (РОССПЭН). - 2010. – С. 223. 
13
А.С. Пиголкин .Толкование норм права и правотворчество: проблемы соотношения.// Закон: создание и 
толкование/ – М,1998. – С. 74-75. 

Yüklə 194,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin