“International Сonference on Learning and Teaching” 2022/1



Yüklə 51,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix14.12.2023
ölçüsü51,96 Kb.
#178857
1   2   3   4   5
133-138

“INTERNATIONAL С
ONFERENCE ON EDUCATIONAL INNOVATIONS AND APPLIED SCIENCES 2022/8

 
134 
Sinergizm:
 
ma’lum bir to‘qimada va ma’lum bir kontsentratsiyadagi fitogormon 
borligi bilan boshqa fitogarmonlarga javob borligi kuzatiladi. 
Qarama-qarshilik: bitta fitogormonning kontsentratsiyasi boshqa o‘simlik 
gormonining ekspresiyasinini oldini oladi. 
Taqiqlash: fitogormon konsentratsiyasi gormonal funktsiyani sekinlashtiradigan 
yoki pasaytiradigan tartibga soluvchi moddalar sifatida faoliyat yuritadi. 
Kofaktorlar: fitogormon katalitik ta’sir ko‘rsatib, tartibga soluvchi moddalar 
vazifasini bajaradi. 
Fitogarmonlarning vazifalarini ko‘rib o‘tdik endi ayrim fitogarmonlar bilan 
tanishib chiqamiz. 
a) Auksin hujayraning o‘sishini va bo‘linishini tezlashtiradi. Auksin 
rivojlanayotgan urug‘da hosil bo‘lsa meva rivojlanishini stimullaydi. Agar auksin 
urug‘lanish amalga oshmagan gullash paytida qo‘llanilsa, urug‘siz meva rivojlanadi. 
Urug‘siz pomidorlar shu usulda yetishtiriladi. Ammo auksin mevaning rivojlanishida 
ahamiyatga ega yagona gormon hisoblanmaydi. Geteroauksin yuksak va tuban 
o‘simlik to‘qimalarida mavjud bo‘lib, auksinga nisbatan bir necha marta kuchli. 
b) Gibberellinlar - bu o‘simliklarda gipokotil uzayishi, urug‘larning unib chiqishi, 
gullashi va hokazolarni boshqarish bilan bog‘liq turli funksiyalarni bajaradigan 
diterpen tabiatiga mansub fitogormonlar guruhi, aksariyat morfogenetik jarayonlarni 
boshqarishda gibberellinlar auksinlar bilan bir xil harakat qiladi va sitokininlar va 
abssizin kislota (ASA) antagonistlari hisoblanadi. 
c) Sitokininlar o‘simliklarda ko‘plab fiziologik jarayonlarda qatnashadi
hujayralar bo‘linishini, o‘q ildiz morfogenezini, xloroplastning pishib yetishini
hujayralarning chiziqli o‘sishini, qo‘shimcha kurtaklarning hosil bo‘lishini va qarishini 
tartibga soladi. Auksinlarning sitokininlarga nisbati hujayralar bo‘linishi va o‘simlik 
to‘qimalarining differentsiatsiyasida asosiy omil hisoblanadi. 
d) Etilen - suvda eruvchan gaz, amalda u ko‘plab mevalarning pishishini 
tezlashtirish uchun keng qo‘llaniladi (sabzavot etishtirishda, mevalarda). 



Yüklə 51,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin