International


TADQIQOTNING USULLARI VA METODLARI



Yüklə 23,75 Kb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü23,75 Kb.
#165946
1   2   3
sholi-seleksiyasi-bo-yicha-o-tkazilgan-tadqiqot-natijalarini-tahliliy-o-rganish (2)

TADQIQOTNING USULLARI VA METODLARI


Tajriba dala va laboratoriya uslubida olib borildi. Sholi seleksiyasi qishloq xo‘jalik ekinlarining yangi navlarini yaratish bo‘yicha umum ishlab chiqilgan uslublar asosida olib
borildi. Sholi o‘zidan changlanuvchi o‘simliklar sirasiga kirgani uchun tadqiqotlar quyidagi kabul kilingan sxema asosida olib borildi.
O‘tmishdosh ekin - soya. Kolleksiya ko‘chatzorida paykalchalar maydoni 1m2 (1m x 1m), seleksiya ko‘chatzorlarida esa paykalchalar maydoni 2m2 (1m x 2m) ga teng. Bu ko‘chatzorlarda namunalar qaytariqsiz (takrorsiz) har 10-20 ta namunadan keyin standart Guljaxon, Ilg‘or, UzROS 7-13, Lazurniy navlari joylashtirilib qo‘lda shablon orqali ekildi. Urug‘ ekish normasi 500 dona/m2 . Dala tajribalari Butunrossiya sholichilik ilmiy tadqiqot institutining usulnomasi asosida, olingan natijalarni statistik taxlili Dospexov B.A. uslubi [6] asosida o‘tkazildi.
Tadqiqotlarda quyidagi fenologik kuzatuv va o‘lchov ishlari olib borildi:

  1. Butun maydon bo‘ylab xaydov qatlamidagi chirindi, umumiy azot, fosfor va kaliy elementlari miqdori aniqlandi.

  2. Tajriba paykallariga mos xolda urug‘lar ekildi.

Tajribaga mos xolda azotli ma’dan o‘g‘it me’yori bilan oziqlantirildi

  1. Fenologik kuzatishlar “Qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat nav sinash nazoratidan o‘tkazish” qo‘llanmasiga asosan olib borildi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMASI


Hisobot yilida kolleksiya ko‘chatzoriga jami 327 ta namuna ekilib o‘rganildi. Standart nav sifatida Guljaxon, Ilg‘or, UzROS 7-13 navlari joylashtirildi. O‘suv davrida barcha fenologik kuzatishlar olib borildi shu jumladan o‘simlikning unib chiqish, tuplanish, naychalash, gullash va pishish davrlari qayd etildi. Olib borilgan kuzatuvlar natijasida 306 ta paykalda urug‘lar qiyg‘os, 21 ta paykalda siyrak unib chiqqanligi ma’lum bo‘ldi. O‘suv davriga qarab namunalar 3 ta guruxga ertapishar (o‘suv davri 110 kungacha bo‘lgan), o‘rtapishar (o‘suv davri -115- 125 kungacha bo‘lgan) va kechpishar (o‘suv davri -130 va undan yuqori bo‘lgan) nav namunalarga ajratildi. Pishish davrida ko‘chatzorining har bir nav namunasidan o‘simliklar olinib biometrik taxlillar (o‘simlik o‘suv davri, bo‘yi, donlar soni, 1000 ta don og‘irligi) o‘tkazildi va morfologik, biologik va qimmatli xo‘jalik belgilariga qarab tanlab olindi.
Maxsuldor tuplanish navning eng asosiy qimmatli-xo‘jalik belgilariga kiradi. Maxsuldor tuplanish nazorat Guljaxon, Ilg‘or va Uzros 7-13 navlarida mos ravishda 2,4; 2,6; va 2,8 bo‘lsa, tanlab olingan Tahngkn, D-195, F2-D-3, VIR 141 2006, 389 x UeROS 7/13, IR-3 namunalarda esa bu ko‘rsatkichlar nazorat navlar ko‘rsatkichi bilan bir xil bo‘ldi.Tanlab olingan namunalari orasida 1000 dona vazni yirik bo‘lgan VIR 7690 (37,6 gr), WAB 880-56-43 (39,0 gr) va 329-01 x 267-01 (40,0 gr) namunalar mavjudligi aniqlandi.
Ushbu tanlangan namunalar chatishtirishda ota-onalik shakllari sifatida foydalanishga tavsiya etildi.

Yüklə 23,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə