Kiyim va poyafzalga bo`lgan gigiyena talablari. Odamning kiyim va poyafzali yil fasliga mos bo`lib, havoni yaxshi o`tkazish xususiyatiga ega bo`lishi kerak. Sintetik material-dan tikilgan kiyimlar, rezinadan tayyorlangan poyafzallar havo o`tkazmaydi. Shuning uchun terining ter bezlaridan ajralgan suyuq-lik yaxshi bug`lanmaydi. Buning oqibatida ichki kiyimlar, paypoq-lar ho`l bo`lib odam shamollab qolishiga sabab bo`ladi. Shunga ko`ra Respublikamizning issiq iqlim sharoitida sintetik material-lardan tikilgan kiyim, paypoq va rezina poyafzal kiyim gigiyena nuqtai nazaridan tavsiya etilmaydi. Bunday materiallardan tayyor-langan sport kiyimlari va poyafzallarini faqat mashg`ulot paytida kiyish mumkin.
Bizning iqlim sharoitimiz yoz oylarida paxtadan tayyor-langan gazlamadan tikilgan kiyim, qish faslida esa jun va boshqa tabiiy gazlamalardan tayyorlangan kiyim, charm poyafzal kiyish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Poshnasiz poyafzal (kalish, shippak, slans, keda, krasovka kabilar)ni kun davomida uzoq muddat kiyish yaramaydi. Chunki, bu yassi oyoqlikning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Bunday poyafzal-larni qisqa vaqt davomida kiyish mumkin. Shuningdek, poshnasi juda keng bo`lgan uchi tor poyafzal ham yassioyoqlikning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Qizlar uzoq vaqt baland poshna poyafzal kiyishi natijasida ularning umurtqa va chanoq suyaklari egrilanib qolishi, shuningdek yassi oyoqlik yuzaga kelishi mumkin. Bu hol kelajakda tug`ish jarayoni qiyinlashuviga sabab bo`ladi. Qizlar poyafzalining poshnasi keng, balandligi 2-3 sm.dan oshmasligi lozim.
Tor poyafzal oyoqda qon aylanishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun odam tez charchaydi. Qish paytida bunday poyafzal oyoq-ning sovuq olishiga, revmatizm (bod), buyraklarning yallig`lanishi-ga, yigit va qizlar ichki jinsiy a`zolarining surunkali yallig`lanish kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.