Internet orqali o'z-o'zini davolash qilmang


Terini parvarish qilish va teri kasalliklarining oldini olish



Yüklə 45,26 Kb.
səhifə9/10
tarix10.02.2023
ölçüsü45,26 Kb.
#83717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11-Maktab hamshiralari

Terini parvarish qilish va teri kasalliklarining oldini olish.
Donishmand xalqimizning maqoliga ko`ra teri-sog`liq oynasidir. Teri odam organizmida himoya, ayirish, nafas olish, tana harorati doimiyligini ta`minlash kabi hayotiy muhim funksiyalarni bajaradi. Bu funksiyalar normal o`tishi uchun teri doimo toza bo`lishi zarur.
Terining eng ustki epidermis qavatining hujayralari uzliksiz po`st tashlab yangilanib turadi. Har sutkada teri yuzasida 10-15 gramm epidermis hujayralarining chiqindilari hosil bo`ladi. Agar odam muntazam ravishda yuvinib turmasa, terisining ustki qava-tidan ajralgan po`st chiqindilari ter va yog` bezlarining suyuqligi bilan qo`shilib teriga yopishib qoladi. Terining ustki qismi chiqindi moddalar bilan qoplanib, ter va yog` bezlarining suyuqlik chiqara-digan kanalchalarini yopib qo`yadi. Buning oqibatida terining nafas, ayirish, tana harorati doimiyligini ta`minlash funksiyalari buziladi.
Bundan tashqari teri ustini qoplagan chiqindi moddalar, ya`ni kirlanish kasallik qo`zg`atuvchi mikroblar yashashi va ko`payishi uchun qulay sharoit yaratadi. Ma`lumki, kirlangan teri qichiydi va odam qashishi tufayli teri tindalanadi, tilinadi. Bu jarohatlarga tushgan mikroblar yiringli yara hosil qiladi. Shuningdek, terini qashigan paytda undagi mikroblar tirnoq ostiga kirib qoladi va qo`lni sovunlab yuvilmasa, ovqat iste`mol qilganda ular hazm a`zolariga kirib, me`da-ichak kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.
Yuqumli gepatit “A”, ichburug`, ich terlama kabi kasal-liklarning asosiy sababi oddiygina ozodalikka rioya qilmaslik, ya`ni idish-tovoqlarni toza yuvmaslik, qora pashshalarga qarshi kurash-maslik, taom iste`mol qilishdan avval qo`lni yuvmaslikdir.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda ta`kidlash lo-zimki, terini toza saqlash odam madaniyatining asosiy ko`rinish-laridan biri bo`lib hisoblanadi;
- bolani yoshligidan qo`l yuvishga o`rgatish lozim. Qo`lni ovqatlanishdan oldin albatta yuvish kerak;
- yuz, bo`yin sohalarini har kuni ikki marta ertalab va kechqurun uxlash oldidan yuvish lozim;
- haftada 1-2 marta hammomga kirish yoki issiq dush qabul qilish lozim. Cho`milganda o`quvchilar maxsus “Bolalar” sovuni-dan foydalansalar yaxshi bo`ladi. Bu sovunning tarkibidagi lanolin moddasi terini yumshatadi, undagi bor kislota teridagi mikroblarni yo`qotadi.
Ba`zi joylarda suvning tarkibidagi kalsiy, magniy tuzlari ko`p bo`lganligi uchun bunday suv qattiq suv deyiladi. Bunday suvda yuvinish va cho`milish terini qotirib qo`yadi, uning kiri yaxshi ketmaydi. Qattiq suvni yumshatish uchun uni qaynatish yordamida tuzlarini cho`ktirish kerak.
Tirnoqlarni toza saqlash va parvarish qilish muhim ahami-yatga ega. Ayniqsa, yosh bolalar, boshlang`ich sinf o`quvchilari turli buyumlar va o`yinchoqlar bilan ko`proq shug`ullanishadi. Shuning uchun ularning tirnoqlari orasiga chiqindilar, mikroblar, gijja tuxumlari kirib qolib, ovqat bilan me`da-ichaklarga tushadi va turli xil yuqumli kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun har kuni tirnoqlarning orasini shyotka va sovun bilan yaxshi yuvish, haftada bir marta tirnoqlarni olib turish zarur.
Har kuni kechqurun uxlash oldidan oyoqlarni yuvish, paypoqni har 3 kunda almashtirish tavsiya etiladi.

Yüklə 45,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin